27.06.2025 07:30
176

Friman: "Isroil"ning navbatdagi nishoni – Turkiya"


Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat va "Isroil"ning Eronga hujumlari ortidan siyosiy doiralarda Telь-Avivning keyingi qadamlari haqida faol muhokamalar boshlandi. AQShning sobiq diplomati va elchisi Charlьz Friman tomonidan bildirilgan bayonotlar esa jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi: Friman isroilning navbatdagi nishoni Turkiya boʻlishi mumkinligini taъkidladi.

Charlьz Frimanning aytishicha, "Isroil" mintaqada toʻliq hukmronlikka erishish maqsadida avvaldan ishlab chiqilgan strategik reja asosida harakatlanmoqda. Amerikalik general Uesli Klark oʻz bayonotlarida bejizga "Isroil" besh yil ichida etti davlatni yoʻq qilishni rejalashtirgani"ni tilga olmagan.

Frimanning aytishicha, bugun "Isroil"dagi siyosiy doiralarda hujumlar Eron bilan tugamasligi, balki Turkiyaga yoʻnalishi haqida fikrlar koʻpaymoqda.

"Eronga uyushtirilgan hujum aslida repetitsiya boʻlgan. Avvaldan asl nishon – Turkiya edi. Ular Turkiyani yoʻlidan olib tashlashni muhim qadam deb hisoblashadi", degan Friman.

Sobiq diplomatning taъkidlashicha, Isroil oʻz harakatlarida ikki muhim omilga tayanadi: Gʻarbning toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va xalqaro huquqni buzgani uchun jazolanmaslik vakolati.

"Bugungi kunda "Isroil" – dunyodagi eng shafqatsiz, axloqsiz va xalqaro normalarga tupurgan davlatdir", deydi u, "Eng yovuz" unvoniga sionistlardan boshqa hech qaysi davlat daъvogar boʻlolmaydi".

Friman "Isroil"ning kengayish siyosatini toʻxtatish uchun mintaqaviy birlik zarurligini taъkidladi. Uning fikricha, agar "Isroil" vaqtida toʻxtatilmasa, butun mintaqa katta xavf bilan yuzlashadi.

Mavzuga aloqador