21.12.2023 18:25

Ozarbayjonda frantsuz razvedkasi agentlari fosh qilindi

Frantsuz razvedkasi agentlari Ozarbayjonda turib, jumladan, Markaziy Osiyoda turli operatsiyalarda qatnashgan.

Ozarbayjonda Frantsiya  razvedkasining keng koʻlamli rezidenturasi (tashqi razvedka organining xorijdagi boʻlinmasi – tahr.) fosh qilindi. Bu haqda ozarbayjon matbuoti Identificator nashriga tayanib xabar bermoqda.

Ular Ukraina, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning bir qator davlatlarida turli operatsiyalarda qatnashgan.

Taʻʻkidlanishicha, bir muddat avval Ozarbayjon hududida Frantsiyaning «sheriklari» sifatida tanilgan davlatlar vakillariga qarshi oʻta ishonchli va xotirjamlik bilan razvedka faoliyatini olib borgan Frantsiya elchixonasining ichki rezidenturasi qayd etilgan.

Shu bilan birga, rezidentura keng aloqalardan foydalangan holda mintaqa mamlakatlari boʻylab faol harakatlanib, yangi vazifalarni shakllantirgan va oʻz taʻʻsir doirasini kengaytirgan.

Tekshiruv bir-biriga bogʻlangan shaxslar tarmogʻini ochishga imkon bergan juda qiziqarli jihatlarni ochib bergan.

Koʻp yillar davomida frantsuz razvedkasining mustaqil xodimi boʻlgan Frantsiya fuqarolaridan biri ixtiyoriy ravishda Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish tashabbusi bilan chiqqan.

Hamkorlik natijasida ayrimlari Ozarbayjonda xizmat qilgan va faoliyat yuritayotgan, ayrimlari esa hozirda qator qoʻshni davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oʻnlab frantsuz maxfiy agentlari fosh etilgan.

Muvaffaqiyatsizlik koʻlami frantsuz razvedkasi imidjiga jiddiy zarba boʻlishi kutilmoqda”, — deb yozadi nashr.

Ozarbayjon tomoni bu borada rasmiy bayonot bergani yoʻq.

 

Mavzuga aloqador