19.02.2025 15:54

Frantsiya senati hijobga qarshi kurashni davom ettirmoqda

Frantsiya senati sport tadbirlari vaqtida hijob kiyishni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini maъqulladi. Ushbu qonun loyihasi koʻpchilik –  210 nafar senatorlar tomonidan yoqlangan. Ulardan 81 nafari qonun loyihasiga qarshi ovoz bergan boʻlsa, 38 nafari betaraf qolgan. 

Respublikachilar partiyasidan senator Mishel Savin tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasi sport inshootlarida jamoaviy namoz oʻqishni taqiqlashni ham nazarda tutadi. 

Soʻlchilar Milliy Assambleyada koʻpchilikni tashkil etuvchi Respublikachilar partiyasi vakillarini muslimalarni kamsitishda ayblamoqda. Senatda soʻz olgan sotsialist Silvi Robert ushbu qonun jamiyatda boʻlinishlarga olib kelishini taъkidlagan. 

"Ushbu qonun loyihasi maъlum siyosiy maqsadni koʻzlab ishlab chiqildi: bu orqali dunyoviylikni himoya qilish bahonasida Islomga qarshi kurashiladi", degan u.

Mavzuga aloqador