15.11.2024 13:20

«Eronga!»: Frantsiya hijob tarafdorlari haqida


Frantsiya ichki ishlar vaziri Bruno Retayo maktab tadbirlari va sport musobaqalarida musulmonlar uchun hijobni taqiqlash tashabbusi bilan chiqdi. Uning fikricha, diniy, siyosiy yoki kasaba uyushmalari ramzlari barchani sport atrofida birlashtirishga xalal beradi.

Frantsiya ichki ishlar vaziri Bruno Retayo musulmonlarga hijobni cheklash boʻyicha yangi tashabbus bilan chiqdi. BFMTV telekanaliga bergan intervʻyusida: “Hijob ayollarning qadr-qimmatini kamsituvchi belgidir” va “islomiylashuvning gʻalabasi”, dedi.

Retayo, shuningdek, sport tadbirlarida hijob kiyishni taqiqlashni yoqlab, "barcha diniy, siyosiy yoki kasaba uyushmalari ramzlari bizni birlashtiradigan sport qadriyatlariga zid", deb taʻʻkidladi.

“Hijob kiyishni shunchaki erkinlik belgisi sifatida qoʻllab-quvvatlovchilar uchun men Eronga borishni taklif qilaman. Axir nima uchun yosh ayollar hijobni echish erkinligi uchun u erda oʻlishadi?”, dedi vazir.

2 oktyabrʻ kuni Milliy assambleyaning Qonunchilik komissiyasining yigʻilishida Retayo “juda tajovuzkor siyosiy islom”ni qoralagan va “ayirmachilikka qarshi kurashdan siyosiy islomga qarshi kurashga” oʻtish niyatini eʻʻlon qilgan edi. Vazir ichki xavfsizlik bosh boshqarmasidan (DGSI) batafsil hisobot talab qilishni va uning maxfiy boʻlmagan qismini ommaga oshkor etishni rejalashtirmoqda.

Evropada islomofobiyaga qarshi jamoa (CCIE) maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yilda qayd etilgan 527 ta islomofobiya hodisasining 80 foizi hijob kiygan musulmon ayollarga qarshi qaratilgan. 2004 yildan beri muntazam ravishda paydo boʻlgan islomofobiya bilan bogʻliq mojarolar koʻpincha musulmon ayollarning kiyimlari: anʻʻanaviy hijob, niqob, burqa, abaya, shuningdek, ularning maktab tadbirlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq.

Mavzuga aloqador