Yevropada islomofobiya pasaymoqda
- 01
EI asosiy huquqlar agentligi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, mintaqada yashovchi qariyb har ikki musulmondan biri irqchilik va kamsitish holatlariga duch kelmoqda. Ayniqsa Evropada tugʻilgan yosh musulmonlar va islomiy libosda yuruvchi ayollar koʻproq irqchilik va kamsitish qurboniga aylanishmoqda.
Britaniyada “Pride of Britain” (“Britaniya faxri”) mukofotiga sazovor boʻlgan etnik turkman ayolga 20 yoshlar atrofidagi 3 yigit hujum qilib, kaltaklagan, uni haqoratlab, “musulmon yurtiga qaytib ketish”ni talab qilgan. Ishbilarmon ayol Maya Amangeldieva Turkmanistonda tugʻilgan, biroq uzoq yillardan beri Britaniyada yashaydi.