04.01.2024 21:11

Erondagi portlash uchun IShID javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi

Eronda Sulaymoniy qabriya yaqinida 84 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan ikkita portlash uchun javobgarlikni IShID oʻz zimmasiga oldi.

Eronda sodir etilgan va 84 kishining hayotiga zomin boʻlgan terror hujumi uchun javobgarlikni IShID terror tashkiloti oʻz zimmasiga oldi. Bu haqda guruh Telegram-kanallarida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Eronning Kirmon viloyatidagi hujumlarni ikki nafar xudkush-terrorchi amalga oshirgan.

IRNA axborot agentligi manbalarining soʻzlariga koʻra, buni oʻrganilgan dalillar, jumladan, videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar ham tasdiqlaydi.

"Birinchi xudkush-terrorchi portlash natijasida oʻzini portlatgan erkak boʻlgan. Uning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda", - dedi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eronning Kirmon viloyatida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IRQK) qoʻmondoni Qosim Sulaymoniy qabri yaqinida ikkita portlash sodir boʻlgandi.

Portlovchi qurilmalar 2020 yil 3 yanvarda AQSh havo hujumi natijasida Bagʻdodda halok boʻlgan IRQK qoʻmondoni xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun yuzlab odamlar ketayotgan qabristonga olib boruvchi yoʻlda harakatga keltirilgan.

Taʻʻkidlanishicha, portlashlar taxminan oʻn daqiqalik oraliqda sodir boʻlgan. Portlashlar natijasida 84 kishi halok boʻlgan, 284 kishi jarohatlangan. Eron rasmiylari voqeani terakt deb atadi.

Mavzuga aloqador