14.12.2023 14:44

Eron: AQSh Qizil dengizda koalitsiya tuzsa, jiddiy muammolarga duch keladi

Eron mudofaa vaziri, brigada generali Muhammad Rizo Ashtiyaniy AQSh Yamandagi hutiylar faoliyatiga qarshi Qizil dengizda xalqaro koalitsiya tuzsa, “jiddiy muammolarga” duch kelishini aytdi. Bu haqda Anadolu uning bayonotiga tayanib xabar qildi.

“Agar ular bunday nodon qadam tashlashsa, jiddiy muammolarga duch kelishadi”, - dedi u. Harbiyning taʻʻkidlashicha, Eron "hukmron mavqega ega" mintaqada "hech kim bunday qadam tashlay olmaydi".

Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi Vashington oʻz ittifoqchilari bilan Qizil dengizda harbiy-dengiz kuchlarini yaratish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini maʻʻlum qilgandi. Shu bilan birga, Amerika tomoni yamanlik husiylarning mintaqadagi harakatlarini beqarorlashtiruvchi, xavfli va xalqaro huquqni buzuvchi deb atadi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Baydenga agarda husiylar Eylat shahri va xalqaro dengiz yoʻllariga tahdid solsa, mamlakati Yamanga qarshi choralar koʻrishidan ogohlantirgandi.

Xusiylar Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarni nishonga olmoqda

Xusiylarning Yamendagi etakchisi Abdulmalik al-Xusiy 14 noyabrʻ kuni televideniedagi chiqishida Qizil dengizdagi Isroil kemalarini nishonga olishlari mumkinligi bilan tahdid qilgan edi.

19 noyabrʻ kuni esa xusiylarning harbiy voizi Yahyo Seri X platformasida Isroilning blokadadagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlariga javoban Isroil bayrogʻi ostidagi har qanday kemani nishonga olishlarini maʻʻlum qildi.

Keyinroq esa xusiylar Bab al-Mandeb boʻgʻozida Isroilning Unity Explorer va Number Nine nomli ikkita kemasiga dron va raketa hujumi uyushtirdi.

Isroilning ZIM logistika kompaniyasi 29 noyabrʻ kuni bergan bayonotida Ummon dengizi va Qizil dengizdagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatga asoslanib, kemalari Misrdagi Suvaysh kanalidan foydalanmasligini bildirdi.

AQSh Markaziy Qoʻmondonligi (CENTCOM) 4 dekabrʻ kuni X platformasida Qizil dengiz janubidagi xalqaro hududiy suvlarda 3 ta tijorat kemasiga 4 marotaba hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi.

Bayonotda Qizil dengiz janubida joylashgan AQSh harbiy-dengiz kuchlariga qarashli USS Carney esminetsi tijorat kemalarining yordam chaqiruviga javob bergani, esminets kemalarga yordam berayotib, oʻziga qarab kelayotgan 3 ta dronni urib tushirgani bildirildi.

CENTCOM bugungi bayonotida xusiylar kecha ertalab Qizil dengiz janubida Marshall orollari bayrogʻi tushirilgan Ardmore Encounter nomli neftʻ tankerini qoʻlga olishga harakat qilganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador