Eron 32 davlat uchun viza tartibini bir tomonlama bekor qiladi
Eron madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zergamiy poytaxt Tehronda boʻlib oʻtgan Vazirlar Mahkamasi yigʻilishidan soʻng turizmni jonlantirish maqsadida 32 davlat bilan vizani bir tomonlama bekor qilishga qaror qilinganini bildirdi. Bu haqda TRT Eronning IRNA davlat axborot agentligiga tayanib xabar qildi.
Hukumatning
taklifni qabul qilib, "mamlakat eshiklarini dunyoga ochishga qaror
qilganini" taʻʻkidlagan Zergamiy "Bu hukumat tomonidan qabul qilingan
juda jasoratli va oqilona qaror. Vazirlik sifatida bizning vazifamiz dunyo
xalqlari bilan... Va bu bir tomonlama vizaning bekor qilinishi aslida dunyo
xalqlari bilan suhbatlashishni anglatadi”, - dedi.
Eron
vaziri bir tomonlama viza bekor qilingan bu 32 davlat qaysilar ekanini
ochiqlamadi. Biroq Zergamiy joriy yil oktyabrʻ oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan Xalqaro turizm forumi doirasida Eron Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza tartibini bir tomonlama bekor qilish niyatida ekanini maʻʻlum qilgan edi. Oʻshanda Eron chegaralarni yumshatish siyosatini koʻrib chiqayotgani, unga koʻra 60 davlat pasporti egalari uchun viza talablarini bir tomonlama bekor qilishi mumkinligi bildirilgandi.