24.06.2025 10:20
60
Eron va "Isroil" oʻrtasida sulh tuzildi
Bugun, 24 iyunь kunidan boshlab Eron va Isroil oʻrtasida sulh kuchga kirdi. Bosqinchi "Isroil" rasmiylari ham oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini rasman tasdiqlagan.
AQSh Prezidenti Donalьd Tramp esa oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida:
“Oʻt ochishni toʻxtatish kuchga kirdi. Iltimos, uni buzmanglar”, deb yozdi.
Oldinroq, Tramp Eron va "Isroil" oʻrtasida otashkesim boʻyicha kelishuvga erishilganini eъlon qilgandi. Unga koʻra, Isroil va Eron 12 soatga toʻliq va butkul oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlgan. Bu bilan dunyo sionistlar va Eron oʻrtasidagi 12 kunlik urushning yakunlanganini qarshi oladi.
Maъlumot uchun, ushbu 12 kunlik urushda 28 nafar isroillik halok boʻlgani, yana mingdan ortigʻi turli darajada jarohatlangani maъlum qilindi.
Eron esa mojaro boshidan buyon 400 nafar qurbon bergan. Ulardan 13 nafari bolalardir.