Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida nomaʻʻlum shaxslar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum natijasida 9 kishi halok boʻldiQurbonlarning barchasi xorij fuqarolari.

Eronning Mehr axborot agentligi xabariga koʻra, Pokiston bilan chegaradagi Seravon hududidagi uylardan biriga qurollangan shaxslar hujum qilgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgani yoʻq. Xabarda boshqa maʻʻlumotlar keltirilmagan.

Eslatib oʻtamiz, 16 yanvarʻ kuni Eron Pokistonning Balujiston viloyatidagi bir qator obʻʻektlarga raketa zarbalari berdi va hujum nishoni Jaysh al-Adl guruhi ekanini aytdi. Pokiston rasmiylari hujumda ikki bola halok boʻlgan, yana uch qiz yaralanganini maʻʻlum qildi.

18 yanvarʻ kuni esa Pokiston Eronning Siston va Balujiston viloyati Saravon shahri yaqinidagi qishloqqa raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan zarba berib, baluj separatist guruhlari – Balujiston ozodlik armiyasi va Balujiston ozodlik frontiga hujum uyushtirayotganini eʻʻlon qildi.

Maʻʻlumot uchun, Pokistonning Balujiston viloyatida Pokistondagi beshinchi yirik etnik guruh boʻlmish balujlarning qator ayirmachi tashkilotlari bir necha oʻn yillardan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Balujlar uchga boʻlingan xalq: ularning aksariyati, yaʻʻni 7 millionga yaqini Pokistonda, 2 millionga yaqini Eronda, yarim milliondan ortigʻi Afgʻonistonda yashaydi.

Mavzuga aloqador