17.07.2024 08:19

Amnesty International Olimpiya oʻyinlari oldidan Frantsiyada hijob taqiqlanganiga qarshi chiqdi

Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Frantsiyani Parijdagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollarga hijobda qatnashishni taqiqlab, xalqaro inson huquqlari qonunchiligini buzganlikda aybladi. Oʻtgan yilning sentyabrʻ oyida Frantsiya sport vaziri frantsuz sportchilariga tadbirlar vaqtida diniy ramzlarni namoyish etish, jumladan, roʻmol taqiqlanishini aytgan edi.

Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Frantsiyani Parijdagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollarga hijobda qatnashishni taqiqlab, xalqaro inson huquqlari qonunchiligini buzganlikda aybladi.

tgan yilning sentyabrʻ oyida Frantsiya sport vaziri Frantsiya vakili boʻlgan sportchilarga tadbirlar vaqtida diniy ramzlarni namoyish etish, jumladan, roʻmol taqiqlanishini aytgan edi.

“Roʻmol oʻragan frantsuz sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taqiqlash inson huquqlari boʻyicha xalqaro qonunlarni buzadi hamda Frantsiya rasmiylarining kamsituvchi ikkiyuzlamachiligi va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining (XOQ) oʻta zaifligini koʻrsatadi”, — deyiladi tashkilotning Parijdagi Olimpiada oʻyinlari arafasida chop etilgan yangi hisobotida.

Frantsiya sportda hijob oʻrashni taqiqlovchi yagona Evropa davlatidir, bu FIFA, Xalqaro Basketbol Federatsiyasi va Xalqaro Voleybol Federatsiyasi kabi xalqaro sport tashkilotlari qoidalariga ham zid.

Amnesty tashkilotining Evropadagi ayollar huquqlari boʻyicha tadqiqotchisi Anne Blus shunday dedi: “Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida frantsuz sportchilariga roʻmol oʻrashni taqiqlash 2024 yilgi oʻyinlarning “Gender tengligi boʻyicha birinchi Olimpiya oʻyinlari” boʻlishi haqidagi daʻʻvolarni kulgu ostiga qoʻyadi.

“Ayollarning kiyinishini nazorat qiluvchi kamsituvchi qoidalar musulmon ayollar va qizlarning inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi va ularning sportdagi ishtirokiga halokatli taʻʻsir koʻrsatadi”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Basketbolchi Helen Ba Frantsiyaning taqiqi "Olimpiya Xartiyasi, qadriyatlari va qoidalarini ochiqdan-ochiq buzish hamda asosiy huquqlarga hujum" ekanligini aytdi.

Amnesty tashkiloti matbuot bayonotida bir necha yillardan buyon frantsuz hukumati musulmon ayollar va qizlarga nomutanosib ravishda taʻʻsir koʻrsatadigan qonunlar va siyosatlarni oqlash uchun dunyoviylik tushunchalari bilan qurollantirganini taʻʻkidladi.

Mavzuga aloqador