20.01.2025 13:55
Tramp yana AQSh prezidenti: u ilgari musulmonlar uchun nima qilgan?
Donalʻd Tramp yana AQSh prezidenti sifatida ish boshlaydi
2025 yil 20 yanvarʻ kuni Donald Tramp ikkinchi marta AQShning 47-prezidenti sifatida rasman ish boshlaydi. Uning qaytishi jahon siyosatida katta qiziqish va bahslarga sabab boʻlmoqda.
Prezidentlik lavozimidan ketgan Jo Bayden soʻnggi yillardagi AQSh prezidentlari orasida eng past reyting olganlardan biri boʻldi.
Trampning Islomga qarshi choralari (2017-2021)
Trampning avvalgi prezidentlik davrida musulmon jamoalari bilan bogʻliq bir qancha bahsli qaror va bayonotlari tanqidlarga sabab boʻlgan. Jumladan, u:
- 2017-yilda Etti davlat (Eron, Iroq, Liviya, Somali, Sudan, Suriya, Yaman) fuqarolariga Amerikaga kirishni cheklovchi farmonni imzolagan.
- Masjidlar ekstremizm manbai boʻlishi mumkinligini taʻʻkidlab, ular ustidan huquq-tartibot idoralari nazoratini oshirishni talab qilgan.
- Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi – Bu qaror Islom olamida, ayniqsa, falastinliklar orasida keng norozilikka sabab boʻldi.
- Musulmonlar reestri gʻoyasi: barcha musulmonlarning maʻʻlumotlarini roʻyxatga olish gʻoyasi kamsitish sifatida qabul qilingan.
- Bundan tashqari, Islomni yomonlovchi videolarni «retvit» qilgani uchun katta tanqidlarga uchragan.
Trampning islomiy masalalardagi bayonotlari Buyuk Britaniyada ham noroziliklarga sabab boʻlgan, lekin u kechirim soʻrashdan bosh tortgan.