Qoʻshtepa kanali Oʻzbekiston va Turkmaniston suv taʻʻminotini 80 dan 65 foizga tushiradi
“Tolibon” tomonidan qurilayotgan 285 kilometrlik Qoʻshtepa kanali Amudaryodan har yili 4-4,5 kub kilometr yoki 12-13 foiz suvni oladi. Bu esa Oʻzbekiston va Turkmanistonda suv taʻʻminotini 80 foizdan 65 foizga tushishiga olib keladi. Afgʻonistonning hech bir xalqaro transchegaraviy hujjatni imzolamagani muzokaralarni qiyinlashtirayotgani aytildi.
Afgʻonistonda
“Tolibon” tomonidan Amudaryodan suv oladigan Qoʻshtepa kanali qurilishi Oʻzbekiston
va Turkmaniston suv taʻʻminotini 80 foizdan 65 foizgacha kamaytiradi.
Sputnik
Qozogʻiston platformasida boʻlib oʻtgan Ostona-Toshkent videokoʻprigi chogʻida
Oʻzbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi diplomatik
akademiya direktori Abdusamat Haydarov qurilish oqibatlari haqida oʻz fikrlari
bilan oʻrtoqlashdi.
“Oʻrta muddatli istiqbolda bu Markaziy Osiyo mamlakatlari,
birinchi navbatda, Oʻzbekiston va Turkmaniston uchun jiddiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha,
Qoʻshtepa kanali yiliga 4-4,5 kub kilometr suv oladi va Amudaryodagi umumiy suv
hajmini 12-13 foizga qisqartiradi. Kanal qurilishi tugallangach, Turkmaniston va
Oʻzbekistonga oʻrta va quyi oqimdagi oʻrtacha suv taʻʻminoti 80 foizdan 65 foizga
kamayadi”, — dedi ekspert.
Uning
soʻzlariga koʻra, uzoq muddatli istiqbolda bu umumiy suv zaxiralarining jismoniy
kamayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu esa mintaqada aholi sonining koʻpayishi
va milliy iqtisodiyotlarning rivojlanishi bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari
uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kanal qurilishini 6 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Uning
taxminiy qiymati 600 million dollarga baholanmoqda va “Tolibon” tomonidan moliyalashtiriladi. Bugungi
kunga qadar rejalashtirilgan 285 kilometrdan 108 kilometr uzunlikdagi uchastkasi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda kanal eski texnologiyalar yordamida qurilmoqda. Bu Amudaryodan
haqiqiy suv olish hajmining oshishiga olib kelishi mumkin. Yangi kanal
Afgʻonistonning Balx va Qunduz viloyatlarida 500 ming gektarga yaqin maydonni
sugʻorish imkonini berishi rejalashtirilgan.
Bugun Afgʻoniston bilan muzokaralar olib borish nihoyatda
qiyin: mamlakat suv resurslari va transchegaraviy daryolar boʻyicha mavjud xalqaro
shartnomalarning birortasida ham ishtirok etmaydi. Shu bois, BMT xalqaro
konventsiyasiga muvofiq, mintaqa davlatlari oʻrtasida Afgʻonistonni ham qoʻshgan
holda transchegaraviy suvdan foydalanish boʻyicha yangi shartnomalar tuzish boʻyicha obʻʻektiv zarurat
tugʻilgan.
“Oʻzbekiston Afgʻoniston muvaqqat hukumati va xalqaro
hamjamiyat bilan Amudaryo havzasida yangi kanal qurish boʻyicha xalqaro normalar
asosida hamda
mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olgan holda amaliy
muloqotni boshlash zarur, deb hisoblaydi”, - dedi Oʻzbekiston diplomatik akademiyasi rahbari Abdusamat
Haydarov.