Carrefour doʻkonlar tarmogʻi dushanba kunidan boshlab Iordaniyadagi barcha filiallarini yopishini eʻʻlon qildi. Mazkur qaror kompaniyaning Isroil ishgʻolini qoʻllab-quvvatlagani ortidan yuzaga kelgan boykot kampaniyalari bilan bogʻliq. Boykot harakati mazkur qarorni "Iordaniya xalqining gʻalabasi" deb atadi.

Carrefour chakana savdo tarmogʻi dushanba kunidan boshlab Iordaniyadagi barcha filiallarini yopishini eʻʻlon qildi. Qaror kompaniyaning Isroil ishgʻolini qoʻllab-quvvatlashiga javoban paydo boʻlgan boykot kampaniyalari kuchayib borayotgan bir paytda qabul qilindi.

Carrefour Jordan oʻzining Facebook sahifasidagi rasmiy bayonotida qirollikdagi barcha amaliyotlarini toʻxtatishini tasdiqladi va mijozlarga koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu qaror tufayli yuzaga kelgan har qanday noqulaylikdan afsusdaligini maʻʻlum qildi.

Yopish toʻgʻrisidagi qaror BAAning Majid Al Futtaim guruhiga tegishli boʻlgan  Carrefour Jordan kompaniyasining bir yildan ortiq davom etayotgan boykotni chetlab oʻtish uchun brend nomini oʻzgartirishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishlaridan keyin qabul qilindi.

Boykotning kuchayishi Carrefour’ning Iordaniyadagi bir nechta filiallarini bosqichma-bosqich yopishiga olib keldi.

Boykot harakati mazkur qarorni "Iordaniya xalqining gʻalabasi" deb atadi. Mazkur harakat Carrefour bilan aloqalarni uzish, brenddan voz kechishni talab qilgan va oʻz mahsulotlarini mahalliy doʻkonlarda sotishni taqiqlashga chaqirgan.

Iordaniya universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov ishtirokchilarning 90 foizdan ortigʻi boykotni qoʻllab-quvvatlagan. Bu, Isroilni bevosita va bilvosita qoʻllab-quvvatlayotgan mamlakat hukumatidan farqli ravishda, iordaniyaliklar oʻrtasidagi kampaniya maqsadlari uchun keng birdamlikdan dalolat beradi.

Mavzuga aloqador