19.11.2024 07:29
470
Britaniyalik rassom Falastin boʻyicha pozitsiyasi tufayli mukofotdan mahrum qilindi
Britaniyalik rassom Isroil madaniy tashkilotlarini boykot qilishga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekkanidan soʻng Germaniya jamgʻarmasining mukofotidan mahrum boʻldi. "Biz Falastin zulmiga sherik boʻlgan yoki unga qarshi jim turuvchi Isroil madaniy tashkilotlari bilan ishlamaymiz", - deyilgandi u imzolagan ommaviy maktubda.
Britaniyalik rassom Isroil madaniy tashkilotlarini boykot qilishga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekkanidan soʻng Germaniya jamgʻarmasining mukofotidan mahrum boʻldi, deb xabar bermoqda Arab News.
Afinada yashovchi Jeyms Bridl iyunʻ oyida "arxitektura nazariyasiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun" Shelling arxitektura jamgʻarmasining bu yilgi mukofotini olishini eʻʻlon qilgan edi. Biroq yakshanba kuni rassom minglab boshqa manfaatdor odamlar bilan birga xatni imzolagani uchun mukofot va unga qoʻshiladigan 10 000 evro mukofotidan mahrum boʻlganligi haqida maʻʻlum qilindi.
"Biz Falastin zulmiga sherik boʻlgan yoki unga qarshi jim turuvchi Isroil madaniy tashkilotlari bilan ishlamaymiz", deyiladi Bridl imzolagan va LitHub'da chop etilgan bayonotda.
“Biz siyosiy qarashlarni ifoda etish huquqini hurmat qilamiz, Jeyms Bridlni antisemitizmda ayblamaymiz, ammo jamgʻarma Isroilning madaniy izolyatsiyasini qoʻllab-quvvatlamaydi va u bilan uzilishni istamaydi”, - deyiladi Shelling arxitektura jamgʻarmasining javobida.
Jamgʻarma qarori Bundestagning munozarali rezolyutsiyani qabul qilganidan keyin qabul qilindi, unda Germaniya parlamenti "hech qanday tashkilot yoki loyiha antisemitizmni tarqatmasligi yoki Isroilning mavjud boʻlish huquqini shubha ostiga qoʻymasligi, Isroilni boykot qilishga chaqirmasligi yoki boykotlarni faol qoʻllab-quvvatlamasligini taʻʻminlash majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.
Taʻʻkidlash joizki, Shelling arxitektura fondi 1937 yildan 1945 yilgacha fashistlar partiyasining faol aʻʻzosi boʻlgan Erich Shelling nomi bilan atalgan.