ЮНИСEФ: дунёнинг энг бой мамлакатларидаги ҳар бешинчи бола қашшоқлик чегарасидан пастда яшамоқда
YuNISEFning chorshanba kuni eʻʻlon qilgan hisobotiga koʻra, 40 ta eng boy davlatda 69 milliondan ortiq bola qashshoqlik chegarasidan pastda yashamoqda.
Hisobot
mualliflariga koʻra, Frantsiya va Buyuk Britaniyadagi bolalar eng ogʻir ahvolda, deb
yozmoqda Arab News. 2012 yildan 2014 yilgacha va 2019
yildan 2021 yilgacha qashshoqlikda yashovchi oilalar soni taxminan 6 millionga
kamaygan boʻlsa-da, bu raqamlar xavotirliligicha qolmoqda.
“Koʻpchilik
bolalar uchun bu ularning etarli darajada toʻyimli oziq-ovqat, mavsumiy
kiyim-kechak, oʻquv qurollarisiz ulgʻayishini yoki isitilmaydigan uy-joylarda
yashashini bildiradi”, deydi YuNISEF vakili Viktor Niland. U mazkur holat yoshlarning
jismoniy va ruhiy salomatligiga putur etkazishini qoʻshimcha qildi.
Mualliflar
davlat rahbarlarini qashshoqlikka qarshi kurashda siyosiy iroda koʻrsatishga chaqirib,
mamlakatning boyligi va rivojlanish darajasi oʻz-oʻzidan barcha fuqarolar
toʻkin-sochinlikda yashashini anglatmasligini taʻʻkidlaydi. Masalan, Buyuk
Britaniyada 19,6 foiz,
Frantsiyada esa 10,4 foiz aholi
kambagʻallik chegarasida yashaydi.
Hisobot
mualliflari, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning oq tanli fuqarolari hamda
boshqa irqqa mansub insonlar va muhojirlar oʻrtasida kuchli tafovut borligini taʻʻkidladi.
Misol uchun, AQShda tubjoy amerikaliklarning 29 foizi va afro-amerikaliklarning
30 foizi, oq tanlilarning esa atigi 10 foizi qashshoqlik chegarasidan pastda
yashaydi. Evropa Ittifoqida esa muhojirlarning farzandlari, hatto fuqarolikni
olgan boʻlsalar ham, ushbu mamlakatlarning mahalliy fuqarolariga qaraganda
qashshoqlik chegarasidan 2,4 baravar koʻproq qolishadi.