31.07.2024 18:06

Britaniyada ekstremistlar masjidga hujum qildi

chBritaniyaning Sautport shahrida dushanba kuni raqs darsida nomaʻʻlum shaxs bolalarga hujum qildi, ulardan uch nafari halok boʻldi, bir qanchasi yaralandi. Hujumchining Ugandadagi genotsiddan qochib, Britaniyada panoh topgan oilaning 17 yoshli oʻgʻli amalga oshirgani aytilmoqda. Hodisadan soʻng shaharda tartibsizliklar roʻy berdi, yuzlab oʻta oʻng ekstremistlar Islam Society masjidiga hujum uyushtirdi.

Britaniyaning Sautport shahrida dushanba kuni raqs darsida nomaʻʻlum shaxs bolalarga hujum qilishi natijasida ulardan uch nafari halok boʻldi, bir qanchasi yaralandi. Sky News xabariga koʻra, shahar masjidi yaqinida politsiya bilan toʻqnashuvlar sodir boʻlgan.

Telekanal maʻʻlumotlariga koʻra, namoyishchilar politsiya furgoniga oʻt qoʻyib, huquq-tartibot xodimlariga hujum qilgan. Shu bilan birga, namoyishchilar politsiyaga qarata uloqtirish uchun asfalʻt boʻlaklarini qoʻporgan. Huquq-tartibot xodimlariga shisha va petardalar ham otilgan. Bir necha politsiyachi yaralangan, ulardan birining burni singan.

Mersisayd grafligi politsiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, tartibsizliklarni oʻtmishda “Buyuk Britaniyaning islomiylashuvi”ga bir necha bor qarshi chiqqan oʻta oʻngchi “Angliya mudofaa ligasi” (English Defence League) tashkiloti tarafdorlari keltirib chiqargan. Turli hisob-kitoblarga koʻra, 200 ga yaqin odam yigʻilgan. Sautport masjidi hujumchining dini haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasdiqlanmagan maʻʻlumotlar ortidan yigʻilish joyi sifatida tanlangan koʻrinadi.

Ichki ishlar vaziri Ivette Kuper avvalroq Sautport fojiasi nizo qoʻzgʻatish va notoʻgʻri maʻʻlumot tarqatish uchun ishlatilmasligi haqida ogohlantirgan edi.

Politsiya bilan toʻqnashuv shahar markazida yuzlab odamlar fojia qurbonlarini xotirlash uchun qirgʻin sodir boʻlgan joy yaqinida toʻplangan bir paytda yuz berdi. Odamlar gullar, sharlar va yumshoq oʻyinchoqlar olib kelishdi. Koʻpchilik bolalar bilan kelishdi. Bosh vazir Key Starmer ham avvalroq hujum joyiga tashrif buyurgan edi.

Maʻʻlumot uchun, dushanba kuni amerikalik estrada xonandasi Teylor Svift tomonidan bolalar uchun tashkillashtirilgan guruhli yoga va raqs darsi vaqtida kardifflik 17 yoshli yigit hujum sodir etdi. U hibsga olinib, soʻroq qilinmoqda, biroq rasmiylar uning ismi va boshqa tafsilotlarini maʻʻlum qilgani yoʻq.

The Times nashrining yozishicha, gumonlanuvchining ota-onasining dugonasi u Ruandadagi genotsiddan qochib, Britaniyadan boshpana topgan “yaxshi oila”dan chiqqanini bildirgan. Hujum qilgani taxmin qilinayotgan shaxsning oʻzi qirollikda tugʻilgan.

Uning hujumi natijasida olti, etti va toʻqqiz yoshli uch qiz qurbon boʻldi. Seshanba kuni besh nafar bolaning ahvoli ogʻir ekani xabar qilingandi. Keyinroq jabrlanuvchilar olib ketilgan Liverpuldagi Alder Hey bolalar kasalxonasida ikki bolaning ahvoli barqaror ogʻir, jonlantirish boʻlimida qolayotgani haqida xabar berdi.

Ayni paytda, Svift ijodich muxlislari Alder Hey shifoxonasi xayriya fondi uchun 250 ming funt sterlingdan (326 ming dollar) koʻproq mablagʻ toʻplashdi.

Mavzuga aloqador