13.05.2024 11:00
Palestine Cola mashhurlikka erishmoqda
Aka-uka Hassounlar tomonidan asos solingan Palestine Drinks ichimliklari sotuvida keskin oʻsish kuzatilmoqda. Bu esa isteʻʻmolchilar tomonidan Amerika brendlarini boykot qilgani sababli Coca-Cola va Pepsi muqobiliga aylandi.
Palestine Drinks kompaniyasining bosh shirkati Safad Food vakilining The National nashriga aytishicha, millionlab buyurtmalar tushmoqda, ikki oy ichida 4 millionga yaqin quti sotilgan.
“Tashabbus Husaynning akasi tomonidan chiqdi. "U koʻplab restoran va doʻkonlarda yirik brendlar muqobili yoʻqligini payqadi", dedi vakil. Evropadagi koʻplab muassasalar Isroil bilan biznesi tufayli Coca-Cola va Pepsidan yuz oʻgirishmoqda.
Palestine Drinks idishlarida zaytun novdasi va keffie naqshi kabi Falastin ramzlari, shuningdek, asoschilarning Falastin masalasi boʻyicha xabardorlikni oshirish maqsadini aks ettiruvchi "barcha uchun erkinlik" shiori mavjud. Daromadning bir qismi mojarodan jabrlanganlar uchun xayriya ishlariga yoʻnaltiriladi.
"Bu bizning eng koʻp sotiladigan va ishlab chiqarish oson boʻlgan mahsulotlarimizdan biri", deydi matbuot kotibi. Rejalarda alkogolsiz, tsitrus va energetik ichimliklar turlarini kengaytirish koʻzda tutilgan. "Biz kundan-kunga oʻsib bormoqdamiz."
Shu bilan birga, Palestine Drinks har kuni milliardlab portsiya ichimliklar sotadigan gigantlar Coca-Cola va Pepsidan ortda qolmoqda. Biroq, yangi brend Amerika kompaniyalarining Isroil bilan aloqalarini boykot qilishi ortidan tezda mashhurlikka erishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya parlamenti noyabrʻ oyida Isroilni qoʻllab-quvvatlagani uchun Coca-Cola mahsulotlarini oshxona va oziq-ovqat korxonalaridan olib tashlagan edi.