Britaniya Mudofaa vazirligi musulmon tashkiloti bilan aloqalarini uzdi
Britaniya Musulmonlar Kengashi (MBC) bosh kotibi Zara Muhammad mamlakat Mudofaa vazirligi tashkilot bilan 12 yillik aloqalarini tugatganini maʻʻlum qildi.
Britaniyadagi eng yirik musulmon tashkiloti bunga qadar Mudofaa vazirligi va
armiyaning potentsial kapellan-imomlar
oʻrtasida vositachi boʻlib
kelgan.
“Vazirlik bizga murojaat qilib, baʻʻzi imomlar jamiyatda
obroʻ-eʻʻtiborli shaxslarmi, deb soʻrardi? Biz “ha” yoki “yoʻq” deb javob berardik”, - deya izoh keltiradi Zaraning soʻzlaridan The Guardian nashri.
Zaraning
soʻzlariga koʻra, Mudofaa vazirligining bunday qarori Daily Telegraph gazetasida
shu mavzudagi maqoladan keyin qabul qilingan. Vazirlik maktubida hukumatning
Britaniya Musulmonlar kengashi bilan hech qanday munosabatda boʻlishi mumkin
emasligi aytilgan.
Eslatib
oʻtamiz, soʻnggi kunlarda Britaniya hukumati kutilmagan bayonotlar bilan chiqmoqda –
rasmiylar «ekstremizm» tushunchasiga yangi taʻʻrif kiritib, shu asosda bir qator
musulmon tashkilotlarini ekstremistik tashkilotlarga kiritishlari mumkin.