15.01.2024 19:41

JARlik advokatlar Isroilni qoʻllab-quvvatlagani uchun AQSh va Britaniya hukumatlarini sudga bermoqchi

50 nafarga yaqin janubiy afrikalik advokatlar Isroilning Falastindadagi jinoyatlarini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun AQSh va Britaniya hukumatlarini sudga berishga tayyorlanmoqda. “AQSh qilgan jinoyatlari uchun javob berishi kerak”, - dedi advokatlardan biri.

Janubiy afrikalik advokat Vikus Van Rensburg boshlagan tashabbus AQSh va Britaniyadagi advokatlar bilan hamkorlikda jinoyatga sherik boʻlganlarni fuqarolik sudlarida jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutadi.

Oxirgi bir necha haftadan beri turli davlatlar va Xalqaro jinoiy sudga isroillik jinoyatchilar va ularning tarafdorlarini javobgarlikka tortishni talab qilib maktublar yozgan Rensburg va uning hamkasblari AQSh va Britaniya hukumatlariga qarshi daʻʻvo qoʻzgʻatishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

"AQSh endi sodir etgan jinoyatlari uchun javob berishi kerak", - dedi Rensburg Anadolu muxbiriga jarayon tafsilotlarini tushuntirar ekan.

Rensburgning taʻʻkidlashicha, u atrofidagi odamlarga sudga daʻʻvo arizasi berish haqida aytganida katta yordam olgan.

"Vaqt oʻtishi bilan koʻplab advokatlar tergov oʻtkazishga va bizga qoʻshilishga qaror qilishdi. Qoʻshilganlarning koʻpchiligi musulmonlar, lekin men emasman. Ular bu ishga yordam berish masʻʻuliyatini his qilishmoqda, men ham sodir boʻlayotganlar notoʻgʻri ekanini anglab turibman. U erda koʻrganlarimga ishona olmayman”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Hech kimning AQShni sodir etgan jinoyatlari uchun soʻroqqa tutmagani va bu masalaga keraklicha ahamiyat berilmayotganiga eʻʻtibor qaratgan Rensburg Iroqda sodir boʻlgan voqealar bunga misol ekanini aytdi.

Rensburg Falastinda sodir boʻlayotganlarni qonuniy jarayonning amalga oshirilishi uchun ideal stsenariy deb oʻylashlarini bildirib, "AQSh jinoyatni sodir etish uchun koʻproq pul va koʻproq manba sarflash bilan band. Hech kim toʻxta, etadi, demaydi", - dedi.

Advokat JARning Xalqaro sudda Isroilga qarshi ochgan genotsid ishi oʻzlari uchun qoʻllanma boʻlishi, ishning natijasi va BMTda tashlanadigan qadamlarga koʻra jarayonni boshlashlarini maʻʻlum qildi.

Sud jarayoni JAR foydasiga yakunlansa, natijani qabul qilmasa ham AQShning sanktsiyaga duchor boʻlish ehtimoli borligiga eʻʻtibor qaratgan Rensburg buning Jo Bayden maʻʻmuriyatiga qarshi ochiladigan ishni kuchaytirishini taʻʻkidladi.

Rensburg AQSh va Angliyadagi advokatlik firmalariga murojaat qilib, tayyorgarlik koʻrayotganlarini bildirdi.

Germaniyaning bugun ham Germaniya tomonidan sodir etilgan genotsid jinoyati uchun tovon toʻlashda davom etganini eslatgan Rensburg "AQSh endi sodir etgan jinoyatlari uchun javobgar boʻlishi kerak. Masʻʻuliyatini boʻyniga olishi lozim", - dedi.

 

Rensburg 2000 yillarda AQShning sobiq prezidenti Jorj Bushga nisbatan ham shunga oʻxshash ish ochilganiga diqqat qaratib, bir jamoa boʻlib ishlagan holda xorijda jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira olishlariga ishonishlarini bildirdi.

Ayni paytda 47 kishidan iborat advokatlar guruhi oʻtgan hafta AQSh va Britaniya hukumatlari rahbarlariga ochiq xat yozib, javobgarlikdan qutulib qola olmasligini bildirgan.

Mavzuga aloqador