30.07.2025 07:20
127

Boshqirdistonda Ukrainadagi urushda halok boʻlganlarga bagʻishlab masjid qurildi

Boshqirdistonda Ukrainadagi urushda halok boʻlganlarga bagʻishlab masjid qurildi

Boshqirdiston Respublikasida joylashgan Karlamanbash qishlogʻida Rossiyaning Ukrainadagi "maxsus harbiy operatsiyasi" avvalida halok boʻlgan harbiylar xotirasiga bagʻishlab masjid qurildi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, bu koʻp yillardan beri oʻz masjidi boʻlishini orzu qilib kelgan odamlar uchun muhim voqea boʻlgan.

Aslida ushbu masjid  qurilishi oddiy xalq tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Eъtiborlisi, qurilishga Ukrainadagi urushda rus armiyasi safida halok boʻlgan yigitlarning oilalari katta hissa qoʻshgan. Jumladan, harbiy Andrey Kasьyanovning (musulmon boʻlgach Abdulloh ismini olgan boʻlib, masjidga ham shu nom berilgan) onasi Ramziya Gimaletdinova, shuningdek urush sabab oʻgʻli va eridan ajralgan Milyausha Bayazitova ushbu xayrli ishga bosh boʻlishgan.

Ularga «Monolit», «Agroxim» va boshqa mahalliy kompaniyalar rahbarlari ham yordam bergani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador