Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 394 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya va Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 28 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 43314 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Al-Xalil, Qalqilya, Nablus, Baytlahm va Ramallohga hujum qildi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan, 2 nafari yaralangan.

▪️JSST: Isroil qoʻshinlari Gʻazo shahridagi poliomielitga qarshi emlash markaziga shovqinli granata tashlab, toʻrt bolani jarohatladi.

▪️YuNISEF: Ikki kun ichida Jabaliyada 50 dan ortiq bola halok boʻldi.

▪️Gʻazodan Al-Quds brigadalari Sderot, Maflasim va mintaqaga eng yaqin aholi punktlariga raketa uchirdi.

▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 26 ta operatsiyani amalga oshirdi. Tel-Avivdagi Glilot bazasi, Akredagi Sharaga bazasi, Ramat Daviddagi baza va aeroport, Hayfadagi Zovolun bazalari hujumga uchragan. Hula shahrida 2 ta harbiy bulʻdozer portlatib yuborildi.

▪️Bu kecha bosqinchilar Livanning Joya, Adlon, Humayn va Al-Xiom shaharlariga havo hujumlarini uyushtirdi. Umuman olganda, agressiya boshlanganidan buyon 2968 kishi halok boʻldi, 13319 kishi jarohat oldi.

▪️BMT: 17 sentyabrdan beri Isroilning Livanga hujumi oqibatida 85 nafar shifokor xizmat vaqtida halok boʻldi.

Mavzuga aloqador