08.07.2024 08:30

Burkina-Faso, Mali va Niger konfederatsiyaga birlashadi

Gʻarbiy Afrikaning uchta davlati – Burkina-Faso, Mali va Niger hukumati Sahel davlatlari ittifoqi konfederatsiyasini tuzish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Yanvarʻ oyida ushbu uch mamlakat Gʻarbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatini (ECOWAS) “xorijiy kuchlar taʻʻsirida” ayblab, zudlik bilan tark etishga qaror qilgandi.
6 iyulʻ, shanba kuni kechqurun Gʻarbiy Afrikaning uchta davlati – Burkina-Faso, Mali va Niger hukumati Sahel davlatlari ittifoqi konfederatsiyasini tuzish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Bu haqda Agence France-Presse ushbu davlatlar rahbarlari bayonotiga tayanib xabar berdi.
Imzolash marosimi Niger poytaxti Niamey shahrida boʻlib oʻtgan Sahel davlatlari ittifoqining birinchi sammiti yakunlari boʻyicha boʻlib oʻtdi, unda uch davlat rahbarlari ishtirok etdi.
Hujjatga koʻra, mazkur davlatlar yagona investitsiya banki va barqarorlashtirish jamgʻarmasini tuzadi, diplomatik saʻʻy-harakatlarini muvofiqlashtiradi, qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash sanoati va energetika sohalarida qoʻshma loyihalar uchun resurslarni birlashtiradi.
Shuni taʻʻkidlash joizki, bu mamlakatlarning barchasida hokimiyat davlat toʻntarishini amalga oshirgan harbiy xuntalar qoʻlida.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 28 yanvarda Burkina-Faso, Mali va Niger Gʻarbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatini (ECOWAS) “xorijiy kuchlar taʻʻsirida” ayblab, zudlik bilan tark etishga qaror qilgandi.