Putin prezidentlik saylovida qatnashishini maʻʻlum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovida nomzodini ilgari surishini maʻʻlum qildi. Rossiya OAVlarining xabar berishicha, Putin Kremlʻ saroyida askarlarga medallarni topshirish marosimida bu haqda maʻʻlum qilgan.
"Yashirmayman,
har xil vaqtlarda har xil fikrlar boʻladi. Lekin hozir siz haqsiz, hozir qaror
qabul qilish kerak boʻlgan vaqt. Men Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga
nomzodimni qoʻyaman", - dedi Putin Kremlda Rossiya qahramonlari bilan uchrashuvda.
Federatsiyalar
Kengashi kecha prezidentlik saylovi sanasini aniqlash maqsadida yigʻilib, saylovni
2024 yil 17 martda oʻtkazishga qaror qilgan edi.
Rossiyada avvalgi prezidentlik saylovlari 2018 yilning 18
martida boʻlib oʻtgan va Vladimir Putin 76,69 foiz ovoz bilan prezident etib
saylangan edi.
Vladimir
Putin 2024 yilgi saylovlarda beshinchi bor nomzod sifatida qatnashadi.