06.05.2024 09:30

Rus yoshlari nasroniylikdan yuz oʻgirishmoqda

Rus yoshlari nasroniylikdan yuz oʻgirishmoqda

Rossiyada nasroniylikning rus yoshlariga taʻʻsiri pasayib borayotgani maʻʻlum qilindi. Shu bilan birga, yosh rossiyaliklar orasida islom diniga eʻʻtiqod qiluvchilar soni keksa avlod vakillariga nisbatan 8 baravar koʻp. 

Rossiya yoshlari orasida dinga eʻʻtiqod qilmaydiganlarning  soni keskin oʻsmoqda. 55 va undan katta yoshdagi respondentlarning atigi 10 foizi oʻzlarini dinsiz deb hisoblasa, 35 yoshgacha boʻlgan avlodda bu natija 28 foizni tashkil qiladi.

Buni pravoslav Pasxa bayrami kuni eʻʻlon qilingan VTsIOM (izoh berish kerak) soʻrovi maʻʻlumotlari tasdiqlaydi. 

Soʻrov yosh rossiyaliklar orasida islom diniga eʻʻtiqod qiluvchilar soni keksa avlod vakillariga nisbatan sezilarli darajada oshganini koʻrsatdi: zumerlar (kimlar) oʻzlarini  musulmon deb hisoblashi 8 baravar koʻp. 

Shu bilan birga, zumerlar va millenniallar (izoh) orasida musulmonlar va ateistlar sonining koʻpayishi kuzatilmoqda.

Rossiya zumerlarining atigi 38 foizi, millenniallarning esa 45 foizi oʻzlarini pravoslav nasroniy deb bilishadi, bu "turgʻunlik" avlodlariga (55 va undan katta yoshdagilar) nisbatan 2 baravar kam. 

Rossiya yoshlari orasida dinga eʻʻtiqod qilmaydiganlar sonining keskin oʻsishi ham kuzatilmoqda. Agar 55 va undan katta yoshdagi respondentlarning atigi 10 foizi oʻzlarini "imonsizlar" deb hisoblasa, 35 yoshgacha boʻlgan avlodda bu natija 28 foizni tashkil qiladi.

Rossiya fuqarolarining atigi 42 foizi Iso Masihning tirilishiga ishonadi, 32 foizi esa savolga javob berishga qiynalgan.

Mavzuga aloqador