Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 354 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah, Jabaliya va Nusayrat lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41455 kishi shahid boʻldi.

▪️Livan uchun eng ogʻir kecha. Isroilning Livan janubidagi shaharlarni ommaviy bombardimon qilishlari 21 soat davom etdi. Oʻnlab turar-joy binolari bombardimon qilindi. Odamlar vayronalar ostida qolmoqda. Bekaa vodiysi eng koʻp zarar koʻrdi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Bir kun ichida 492 kishi, jumladan 35 bola va 56 ayol halok boʻldi. 1645 kishi jarohatlangan.

▪️Al-Qassam brigadalari Livandan Isroilga 40 dan ortiq snaryad uchirdi.

▪️Hizbulloh Isroildagi Hayfa, Zaytim harbiy bazasi, Rafael harbiy-sanoat majmuasi, Ramat Davit aviabazasi va Nimra bazasi, Megiddo harbiy aeroporti, Amos bazasi va Zichron hududidagi portlovchi moddalar zavodiga hujum qildi.

▪️Birinchi marta Hizbulloh raketalari Gʻarbiy Sohilga etib keldi.

▪️Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: Isroilni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlayotgan davlatlar Netanyaxuning siyosiy manfaatlari uchun qon toʻkishiga yordam bermoqda.

▪️Xitoy: Livan xavfsizligi va suverenitetini himoya qilishda uni qattiq qoʻllab-quvvatlaymiz.

▪️Frantsiya BMT Xavfsizlik Kengashining Livan boʻyicha favqulodda yigʻilishini oʻtkazishga chaqirmoqda.

▪️Ishgʻol matbuoti: Livanda 24 soat ichida 1300 ta zarba berildi.

▪️Oq uy: Bayden BAAni Qoʻshma Shtatlarning asosiy mudofaa hamkori deb eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador