Qizil dengiz inqirozi 13,6 mln tonna koʻproq issiqxona gazlari chiqarilishiga olib keldi
Qizil dengizda husiylar tomonidan Isroilga aloqador kemalarga hujum qilgani va kemalar Yaxshi umid burni orqali Afrikani aylanib oʻtishni boshlaganidan keyingi toʻrt oy ichida (2023 yil dekabri oʻrtalaridan 2024 yil apreligacha) atmosferaga qoʻshimcha 13,6 mln tonna issiqxona gazlari chiqarilgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, agar inqiroz davom etsa, chiqindilar miqdori yiliga 41 mln tonnaga etishi mumkin.
AQShning Inverto
shirkati maʻʻlumotlariga koʻra, Yamandagi Husiylarning Qizil dengizda Isroilga
aloqador kemalarga hujumi natijasida savdo kemalari Yaxshi umid burni orqali
Afrikani aylanib oʻtishni boshlagani uglerod izi (inson, korxona, mahsulot, shahar
va davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ishlab chiqariladigan barcha
issiqxona gazlari chiqindilarining yigʻindisi – tahr.) miqdorini sezilarli
oshirdi.
Qayd
etilishicha, Qizil dengiz inqirozi boshlanganidan toʻrt oy ichida (2023 yil dekabrʻ
oyining oʻrtalaridan joriy yilning apreligacha) Yaxshi Umid burni tomon yoʻl olgan
kemalar yoʻnalishini oʻzgartirishi natijasida qoʻshimcha 13,6 million tonna karbonat
angidrid chiqindilari hosil boʻlgan. Bu xuddi shu davr ichida 9 million
avtomobildan chiqadigan zararli gazlar miqdoriga teng demakdir.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, agar inqiroz davom
etsa, chiqindilar miqdori yiliga 41 million tonnaga etishi mumkin, bu esa
kompaniyalarning nolʻ emissiya maqsadlariga erishishiga xavf tugʻdiradi.
Maʻʻlumot
uchun, dunyo xalqaro savdosining qariyb 80 foizi dengiz orqali amalga
oshiriladi. Yuk tashish
natijasida atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari esa umumiy issiqxona
gazlari chiqindilarining 2,2 foizini tashkil qiladi.
Qizil
dengizdagi inqiroz tufayli kemalar yoʻnalishlarini oʻzgartirar ekan, yoqilgʻi sarfi
ham ortib bormoqda.
"Koʻproq
yoqilgʻi koʻproq uglerod chiqindilarini, biologik xilma-xillikni yoʻqotishni va
kelajakda hayot sifatini pasaytirishni anglatadi", - deydi Istanbul
iqtisodiyot universiteti sanoat siyosati va texnologiyalar boshqaruvi kafedrasi
mudiri Sabri Oʻz “Onadoʻli” agentligiga.
Qizil
dengiz inqirozi sababli dengiz yoʻlida bor-yoʻgʻi 10 kunlik kechikish atmosferaga
chiqindi gazlarning taxminan 0,2 foizga oshishiga olib keladi, dedi u.
Oʻzning
taʻʻkidlashicha, Yaxshi Umid burni orqali tashuvlar hajmining ortishiga Qizil
dengizdagi vaziyat atrofida davom etayotgan keskinlikdan tashqari, iqlim oʻzgarishi
sharoitida Panama kanalida suv sathining pasayishi va oʻtish uchun narxlarning oshishi
ham sabab boʻlgan.
2024
yilning birinchi choragida Umid burnida dengiz tashish 27 foizga oshdi, deya taʻʻkidladi
u.
Qizil
dengizdagi keskinlik kuchayib, Suvaysh kanali yopilsa, dengiz savdosining 12 foizi
toʻxtab qolishi mumkin, bu siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik oqibatlarga
olib kelishi mumkin, deya ogohlantirdi Istanbul universiteti oʻqituvchisi.