Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 350 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri, Xon Yunis, Rafah va Zaytun hududiga hujum qildi. 24 soat ichida 44 kishi shahid boʻldi. 

▪️At-Tanur viloyatidagi Al-Qassam brigadalari Merkava tanki va harbiy buldozerni urib tushirdi.

▪️Natsistlarning Bayrutdagi 7 qavatli turar-joy binosida portlashi oqibatida 17 kishi, jumladan, Hizbulloh etakchisi Ibrohim Aqil halok boʻldi.

▪️Jazoir tomonidan Livandagi teraktlar boʻyicha chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida Xitoy vahshiy harakatlar uchun javobgarlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Rossiya Isroilning terror hujumi tinchlikka tahdid solayotganini aytdi.

▪️Frantsiya prezidenti Makron Netanyaxu bilan keskin suhbatda Isroil Livandagi zoʻravonliklari bilan urushga olib borayotganini aytdi. 

▪️Pentagon: USS Truman samolyot tashuvchi kemasi dushanba kuni sharqiy Oʻrta er dengiziga joʻnab ketadi.

Mavzuga aloqador