06.08.2024 07:41

Isroil Gʻazoda kamida 10 ming askaridan ayrildi

Isroilning Yedioth Ahronoth gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazoda kamida 10 ming bosqinchi askar halok boʻlgan yoki yaralangan. Nashr, shuningdek, har oy 1000 ga yaqin askari toʻqnashuvlarda yaralanib, Mudofaa vazirligi kasalxonalariga joylashtirilayotganini maʻʻlum qildi. Bu Gʻazoni 10 oydan beri qirgʻin qilib kelayotgan Isroil armiyasi tarixidagi eng katta yoʻqotishdir.

Isroilning Yedioth Ahronoth gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazoda kamida 10 ming bosqinchi askar halok boʻlgan yoki yaralangan. Bu Gʻazoni 10 oydan beri qirgʻin qilib kelayotgan Isroil armiyasi tarixidagi eng katta yoʻqotishlardir.

Gazeta, shuningdek, har oyda 1000 ga yaqin askar Gʻazodagi toʻqnashuvlarda yaralanganidan soʻng Mudofaa vazirligining reabilitatsiya boʻlimlariga oʻtkazilayotganini xabar qildi.

“Isroil urushlari tarixida hech qachon, hatto 1948 yilda ham askarlarning dushman hududida, noqulay sharoitlarda uzluksiz oʻn oy davomida jang qilgani kuzatilmagan”, - degan hozirda Rafahda qotilliklarni amalga oshirayotgan Nahal brigadasi jangchisi ota-onasi.

Shimoliy Golan tepaliklaridagi ayol kuzatuvchilarga keyingi oyda harbiy majburiyatdan ozod etilishi kerak boʻlsa-da, xizmat muddati oʻzboshimchalik bilan yana toʻrt oyga uzaytirilishi aytilgan. “Ularga bu haqda hech qanday tushuntirishsiz, javobsiz, kutilmagan fakt sifatida aytishdi”, dedi kuzatuvchilarning onalaridan biri.

Maʻʻlumot uchun, 1948 yilgi urushda Isroil jami 4000 ga yaqin askarini yoʻqotgan. 1967 yilgi urushda esa 800 harbiysi halok boʻlgan, 2563 tasi yaralangan. 1973 yilgi arab-isroil urushida terrorchi davlat 2523 askarini yoʻqotgan.