Bombalanayotgan Gʻazo: 304-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 304 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Xon
Yunis, Nuseyrat lageri va Shayx Radvan hududiga hujum qildi. 24 soat ichida 54
kishi vafot etdi, 118 kishi
jarohatlandi.
Hujjatlashtirilgan
falastinlik qurbonlar soni 2023 yil 7 oktyabrdan beri 39 583 nafarga,
jarohatlanganlar 91 398 nafarga etdi.
▪️Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Jenin, Qalqilyaga bostirib kirdi. Qarshilik
jangchilari shiddatli kurashmoqda.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Ikki maktabga bosqinchilar
tomonidan uyushtirilgan hujum paytida 30 nafar koʻchirilgan kishi halok boʻldi. Halok
boʻlganlar va yaralanganlarning 80 foizi bolalardir.
▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazodan Askalan va Ashdodga zarba
berishdi. Rafahda tanklar portlatilgan.
▪️Hizbulloh Isroilning
91-divizion shtab-kvartirasiga uchuvchisiz uchoqlar
va raketalar yordamida zarbalar berdi. Oʻlganlar va yaradorlar bor.
▪️Channel-12: Hizbulloh va Eronning ehtimoliy hujumlari
sababli koʻplab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni bekor qilishi ortidan 150
ming nafarga yaqin isroillik oʻz vataniga qayta olmayapti.
▪️Husiylar yuk kemasiga hujum qildi,
shuningdek, Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz
uchogʻi ham urib
tushirildi.
▪️Bayden Netanyaxuga Ismoil Haniyaning oʻldirilishi uni bu
urushda kelishuvga erishishga ishonchini yoʻqotganini aytdi.