Bombalanayotgan Gʻazo: 281-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 281 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri,
Xon Yunis va Dayr al-Balahga
yirik hujumlar uyushtirdi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon
38345 kishi shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazo shahri
gʻarbida ikkita Merkava tanki va ikkita harbiy mashinasini yoʻq qildi. Snayper ham
yoʻq qilindi.
▪️Husiylar
Qizil dengiz va Bob al-Mandeb boʻgʻozida ikkita kemaga hujum qildi.
▪️Gʻazo hukumati: Tal al-Havada oldindan rejalashtirilgan
qirgʻin sodir boʻldi. 70 kishi halok boʻldi, yana 50 kishi bilan aloqa uzildi.
▪️Evropa-Oʻrtaer dengizi inson huquqlari tashkiloti: Ishgʻol
Gʻazo shahri gʻarbida ommaviy qatllarni amalga oshirdi. Butun oilalar qatl qilindi.
▪️19 iyulʻ kuni Xalqaro sud Isroilning Falastin hududini
bosib olishining huquqiy oqibatlari haqida maslahat xulosasini chiqaradi.