19.12.2023 21:32

Isroil-Falastin urushining 75-kuni: eng muhim yangiliklar dayjesti

Gʻazo sektori Isroilning zarbalari natijasida soʻnggi 36 soat ichida 177 kishi halok boʻlib, jami qurbonlar soni 19 667 kishiga, jarohatlanganlar esa 52 586 kishiga etdi. - WAFA

 

Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Gʻazo sektori shimolida joylashgan al-Avda kasalxonasini harbiy kazarmaga aylantirib, u erda 240 kishi, jumladan 80 nafar tibbiyot xodimini qamalda ushlab turibdi. - Anadolu

 

JSST Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda stafilokokk infektsiyalari, suvchechak, toshmalar, siydik yoʻllari infektsiyalari, sariq, qonli diareya, meningit, parotit, qoʻtir, qizamiq va ovqatdan zaharlanish avj olgani, shuningdek,  va 14 ta kasallik epidemiyasi qayd etilganini maʻʻlum qildi. - Anadolu

 

Frantsiya Gʻarbiy Sohilda ekstremistik yahudiy koʻchmanchilari tomonidan arab aholisiga nisbatan zoʻravonliklarni toʻxtatish maqsadida bosqinchilarga qarshi taqiqlovchi choralar koʻrmoqchi. TRT

 

Isroil kuchlari tomonidan 7 oktyabrdan beri Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qoʻlga olingan falastinliklar soni 30 nafarga oshib, jami 4605 nafarga etdi. - Anadolu

 

BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF) matbuot kotibi Jeyms Elder Gʻazodagi eng katta shifoxona boʻlib qolayotgan Xon Yunis shahridagi Nosir kasalxonasi oxirgi 48 soat ichida ikki marta nishonga olinganini taʻʻkidlar ekan: "Gʻazo sektori bolalik uchun Erdagi eng xavfli joy boʻlib qolmoqda", - dedi. - YuNISEF

 

Isroil prezidenti Isaak Gertsogning Tel-Aviv Gʻazodagi mahbuslarni ozod qilish uchun yangi gumanitar aralashuvga tayyorligini bildirganiga javoban HAMAS: “Urush davom etar ekan, biz asirlarni almashish boʻyicha muzokaralar olib bormaymiz, lekin biz urushni toʻxtatish uchun har qanday urinishlarga ochiqmiz”, - deya maʻʻlum qildi. - Haaretz

 

Gʻazoda xizmat qilgan 3 mingga yaqin isroillik askarlar ruhiy davolanishdan oʻtgani, ularning 18 foizi travmadan keyingi kasalliklarni boshdan kechirgani va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolarga duch kelgani va ruhiy iztiroblardan aziyat chekishi maʻʻlum qilindi. – Anadolu

 

Gʻazodagi urush tufayli Isroilga havo qatnovi qisqargani uchun 600 nafar Isroil aeroporti xodimlari haq toʻlanmaydigan taʻʻtilga chiqarildi, yana 1000 nafar xodim armiya zaxirasiga chaqirilgan boʻlsa, 2000 nafari biznesdagi pasayish tufayli ish vaqti 25 foizga qisqartirishga tushgan. – Al Jazeera

 

Isroilning Haaretz gazetasining xabar berishicha, 7 oktyabrʻ kuni blokadadagi Gʻazo sektori atrofidagi aholi punktlariga Xamas hujumi chogʻida Isroil tankining «Beʻʻeri» yahudiy aholi punktida isroillik mahbuslar joylashgan uyga qarata oʻt ochgan. - Anadolu

 

 

Mavzuga aloqador