23.12.2023 10:15

"Ommaviy qotillik zavodi": Isroil falastinliklarni qirgʻinbarot qilishda sunʻʻiy intellektdan foydalanmoqda

"Masʻʻuliyatni hech qanday dasturiy taʻʻminot tizimiga oʻtkazib boʻlmaydi", - deydi dasturiy taʻʻminot muhandisi Laura Nolan urushda sunʻʻiy intellektdan foydalanish haqida.

+972 va Local Call jurnallari tomonidan oʻtkazilgan izlanishlar Isroilning sunʻʻiy intellektga asoslangan nishonga olish tizimlaridan foydalanayotganini aniqladi.

“Ommaviy qotillik fabrikasi” sarlavhali maqolada aytilishicha, tizim odamlar guruhiga qaraganda tezroq maqsadli tavsiyalarni ishlab chiqarish uchun ilgʻor texnologiyalardan foydalanadi.

Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, Gʻazo sektoridagi nishonlarning koʻpligi va tinch aholi hayotiga jiddiy zarar etkazilishining yana bir sababi, asosan sunʻʻiy intellektga asoslangan «Xabsora» («Injil») tizimidan keng foydalanishdir. Maqsadlarni qariyb avtomatik ravishda avvalgiga qaraganda ancha yuqori tezlikda «yaratish». Sobiq razvedka xodimining soʻzlariga koʻra, bu sunʻʻiy intellekt tizimi aslida "ommaviy qotillik fabrikasini" yaratishga yordam beradi.

Isroil armiyasining noharbiy nishonlarni bombardimon qilish imkoniyatlarini kengaytirish va har qachongidan ham koʻproq potentsial nishonlarni yaratish uchun sunʻʻiy intellektdan foydalanishi bosqichlarning buzgʻunchi tabiatiga hissa qoʻshgan koʻrinadi, deyiladi maqolada.

Isroil razvedkasining amaldagi va sobiq amaldorlarining taʻʻriflariga koʻra, bu omillar 1948 yilgi Nakbadan beri falastinliklarga qarshi olib borilgan eng halokatli harbiy yurishlardan birida rolʻ oʻynagan boʻlishi mumkin.

Isroilning Gʻazoga qilgan avvalgi hujumlari bilan solishtirganda, Isroil "Temir qilichlar operatsiyasi" deb atagan va HAMASning 7 oktyabrda Isroil janubiga hujumidan soʻng boshlangan hozirgi urushda armiya harbiy xarakterga ega boʻlmagan nishonlarni bombardimon qilishni sezilarli darajada kengaytirdi. Bular orasida xususiy uylar, shuningdek, jamoat binolari, infratuzilma va armiya “energiya nishonlari” (“matarot otzem”) deb taʻʻriflagan koʻp qavatli binolar kiradi”, deydi manbalar.

Oʻtmishda Gʻazo boʻyicha tajribaga ega boʻlgan razvedka manbalariga koʻra, hukumat nishonlarini bombardimon qilish, birinchi navbatda, Falastin fuqarolik jamiyatiga zarar etkazish: "shok yaratish" va boshqalar uchun moʻljallangan. Yana bir manbaning qayd etishicha, bundan "tinch aholini HAMASga bosim oʻtkazishga majburlash" maqsadi ham oʻrin olgan. (Nima uchun falastinliklar HAMASning yonini olmoqda” maqolasini oʻqing)

Anonimlik sharti bilan +972 va Local Call bilan suhbatlashgan bir qancha manbalar Isroil armiyasida hujum qilinadigan potentsial nishonlar, jumladan, uylar boʻyicha maʻʻlumotlar mavjud boʻlib, ularda taxminan qancha aholi oʻlishi ham keltirilgan. Bu raqamlar hisoblab chiqilgan va armiya razvedka boʻlinmalariga oldindan maʻʻlum boʻlib, ular hujum boshlanishidan avvalroq qancha tinch aholi oʻlishi mumkinligini ham bilishadi.

Manbalar tomonidan muhokama qilingan bir holatda Isroil harbiy qoʻmondonlari HAMASning yuqori martabali harbiy qoʻmondonini oʻldirishga urinishda yuzlab falastinlik tinch aholining qurbon boʻlishini bila turib maʻʻqullagan.

"Hech narsa tasodifan sodir boʻlmaydi, - deydi boshqa manba. - Gʻazo sektoridagi uyda uch yoshli qiz oʻldirilayotganda, armiyadagilardan kimdir uni oʻldirish hech qanday ahamiyatga ega emas, u – boshqa nishonni urish uchun toʻlanishi kerak boʻlgan evaz, degan qarorni qabul qilgan boʻladi. Ular tasodifan uchirilgan raketalar emas. Hammasi qasddan qilingan. Biz har bir xonadonga qancha qoʻshimcha zarar etkazilganini aniq bilamiz”.

Azon Global tahririyatidagi soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, 7 oktbyardan beri Isroil Gʻazo sektorida amalga oshirayotgan ommaviy qirgʻinbarotlarda 20 mingdan ziyod kishi halok boʻldi, ularning 70 foizdan ortigʻi ayollar va bolalardir. Shuningdek, 53,4 mingga yaqin kishi jarohatlangan. Yana minglab tinch aholi vakillari vayronalar ostida halok boʻlgan.

Ayni paytda Isroil oʻz qoʻlidagi eng vayronkor, eng oʻlimvor qurollardan foydalanib, Gʻazo sekstorini butunday er yuzidan supurib yuborishga jahd qilgan. Bunda AQSh, Evropa va musulmon (soʻzda) davlatlaridan ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlamoqda, qurol-yarogʻ, yoqilgʻi va boshqa dastaklarini uzmay turibdi.

Mavzuga aloqador