17.06.2024 14:08
830

Bombalanayotgan Gʻazo: 255-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 255-kunning asosiy voqealari 

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 255 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

- Qurbon hayitning birinchi kunida bosqinchilar Burayj va Nusayrat lagerlari, Az-Zaytun hududi va Rafahga hujum qilib, 5 nafar bolani oʻldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar soni 37337 kishiga etdi.

- Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Erixo va Qalkiliyaga bostirib kirishdi. 15 dan ortiq falastinlik hibsga olindi.

- Al-Qassam brigadalari Gʻazo bilan chegaradagi aholi punktlariga zarba berdi, shuningdek, Rafah hududida ishgʻol tanklarini yoʻq qildi. Bosqinchilar 24 soat ichida 12 askarini yoʻqotganini daʻʻvo qilmoqda.

- Husiylar Qizil dengizda Amerika esminetsiga va Isroilga ketayotgan 2 ta savdo kemasiga hujum qildi.

- Al-Aqso shifoxonasi direktori: Kasalxonada yaradorlar koʻp, faqat ularni joylashtirish uchun joyimiz va yordam koʻrsatish uchun dori-darmonlarimiz yoʻq.

- Ishgʻol kuchlari Rafah nazorat-oʻtkazish punktidagi kutish zali binosini toʻliq yoqib yubordi.

- Bayden maslahatchisi Livan bilan vaziyat keskinlashmasligi uchun Isroilga tashrif buyurdi.

- BMT: "50 000 Gʻazo bolalari toʻyib ovqatlanmayotgani sababli shoshilinch davolanishga muhtoj".

- Bayden: "Gʻazoda juda koʻp begunoh odamlar, jumladan, minglab bolalar oʻldirilayotganini bilamiz".

Mavzuga aloqador