13.06.2024 13:58
783

Bombalanayotgan Gʻazo: 251-kunning asosi voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 251 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar kun davomida Rafah, Shujayya va az-Zaytun hududlari hamda Nusayrat lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 37202 kishi shahid boʻldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Jenin, Nablus va Xalilga bostirib kirishadi. Bir falastinlik halok boʻldi, 5 kishi yaralandi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.

▪️ Husiylar Iroqning islomiy qarshilik kuchlari bilan birgalikda Ashdod va Hayfaga hujum qilishdi. Hayfa meri xorijda.

▪️ Hizbulloh tomonidan uchirilgan 200 ta raketa Gʻazoda urush boshlanganidan beri eng yirigi boʻldi. Shuningdek, oʻsha tunda harakat 146-divizion bosqinchilarning yangi tashkil etilgan shtab-kvartirasiga hujum qildi.

▪️ BMT: 7 oktyabrdan beri ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroilning reydlari natijasida 521 nafar falastinlik, jumladan, 126 nafardan ortiq bola halok boʻldi.

▪️ JSST rahbari: Gʻazoda halokatli ocharchilik hukm surmoqda. Urush davom etayotgan hududda 5 yoshgacha boʻlgan 8000 dan ortiq bolalar oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.

▪️ Evropa-Oʻrtaer dengizi inson huquqlari tashkiloti: Bosqinchilar Gʻazodan kelgan falastinlik mahbuslarga nomaʻʻlum moddalarni kuch bilan kiritmoqda. Bosqinchilar qotillik, jinsiy zoʻravonlikning turli shakllari va qiynoqlarni qoʻllashyapti.

▪️ BAA, Iordaniya, Misr va Bahrayn qoʻshinlari bosh qoʻmondonlari Bahraynda ID shtab boshligʻi bilan uchrashdi.

▪️ Amerika qonunchilari Pentagonning Gʻazoni qayta tiklash uchun mablagʻ ajratishiga toʻsqinlik qilishdi. Kuni kecha Entoni Blinken oʻz mamlakati 400 million dollar ajratishini maʻʻlum qilgandi.

Mavzuga aloqador