28.05.2024 13:34
658

Bombalanayotgan Gʻazo: 235-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 235 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Rafax, Jabaliya, Nusayrat lageri va Gʻazo markazidagi chodirlar lageriga hujum qildi. Kun davomida 66 kishi shahid boʻldi, 383 kishi yaralandi. Urush boshlanganidan beri 36 050 kishi halok boʻlgan.

 

Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Qalqilya, Xalil (Hebron-Ibroniycha) va Quddusga bostirib kirishdi. Oʻnlab falastinliklar, jumladan, bir bola hibsga olingan.

 

Evropa Ittifoqi, agar Isroil Xalqaro Sud qaroriga rioya qilmasa, unga qarshi sanktsiyalar joriy etish masalasini muhokama qildi.

 

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashi Rafax qirgʻini boʻyicha shoshilinch yopiq yigʻilish oʻtkazadi. Uchrashuv tashabbuskori Jazoir hisoblanadi.

 

Rafahda qolgan ikkita kasalxonadan biri boʻlgan Quvayt mutaxassis kasalxonasi Isroil hujumlari tufayli yopildi.

 

Bosqinchilarning Rafah chodir lageriga qilgan halokatli hujumini qoralash uchun butun dunyoda - AQShdan tortib Evropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikagacha boʻlgan Falastin tarafdorlari namoyishlari boʻlib oʻtdi.

 

Mavzuga aloqador