Bombalanayotgan Gʻazo: 154-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 154 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 154
kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda
butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar
Jabaliya, Bayt-Laxiya, Zaytun va Xan-Yunis shaharlari boʻylab zarbalar berdi. Kun davomida 83 kishi halok
boʻldi, 142 kishi jarohatlandi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda istilochilar Xevron, Tulkarm, Nablus shaharlariga bostirib kirdi. Oʻnlab
kishilar hibsga olindi.
▪️ Gʻazo
gʻarbida ishgʻolchilar insonparvarlik yordami kelishini kutayotgan odamlarga oʻq uzdi. 1 kishi halok
boʻldi, 29 kishi yaralandi.
▪️ Gʻazo SSV:
Urush boshlanganidan buyon
bosqinchilar 9 ming xotin-qizni,
jumladan, onalar, homilador ayollar va tibbiyot xodimalarini oʻldirdi.
▪️ Germaniya
Tashqi ishlar vazirligi: Isroil hukumati Gʻazoga yuborilgan har bir yoʻqotilgan gumanitar yordam
paketi uchun javobgar. Isroil gumanitar yordamlar uchun koʻproq nazorat punktlarini ochishi va ularning
kirishini taʻʻminlashi kerak.
▪️
Husiylar: Kema va uning ekipajini ushlab turish bilan bogʻliq har qanday masalalar faqat «Al-Qassam» tomonidan hal qilinadi.
▪️ Falastindagi
yahudiy kelgindilar Xalildagi Ibrohim paygʻambar masjidiga beton bloklar olib
kelib, Islom olamida muqaddasligi va tarixiy ahamiyati boʻyicha Kaʻʻba, Masjidi
Nabaviy, Al-Aqsodan keyingi toʻrtinchi oʻrinda turadigan masjidga musulmonlarning
kirishini toʻsib qoʻymoqchi.
▪️ The
Washington Post: Oy uy Kongressni ogohlantirmay turib Gʻazodagi urush davomida Isroilga
100 partiyadan ortiq qurol-yarogʻlarni joʻnatgan. Yuborilgan qurollar orasida
boshqariladigan oʻq-dorilar, kichik diametrli bombalar, bunker bombalari, kichik
qurollar va boshqa halokatli yordamlar mavjud. Avvalroq AQSh faqat havo mudofaa
tizimlari uchun batareyalar yuborish haqida gapirgan edi.
▪️ 2737
tonna gumanitar yuk ortilgan kema Turkiyaning Mersin shahri portidan qamaldagi
Gʻazoga yoʻl oldi. U oziq-ovqat, suv, kiyim-kechak, gigiena vositalari, chodirlar,
uxlash uchun sumkalar, koʻrpa-toʻshaklar, dori-darmonlar va boshqalarni oʻz ichiga
oladi. Ular asosan mamlakatning oddiy aholisining xayr-ehsonlari evaziga
olingan.