Bombalanayotgan Gʻazo: 151-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 151 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar Gʻazo shimolidagi Zaytun
mintaqasi, Nuseyrat lageri, Jabaliya, Xon Yunis va Bayt Lahiyaga zarba berdi. Xon
Yunisda birgina Al-Faqaviy oilasidan 16 kishi vafot
etdi.
30534 kishi shahid boʻldi, shundan 13430 nafari bolalar.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Xanan Bargutini yana hibsga olishdi, u noyabrʻ oyida mahbuslar
almashinuvi doirasida ozod qilingan
edi.
▪️ Husiylar
Qizil dengizda AQSh kemasiga hujum qilganidan bir necha soat oʻtib Arab dengizidagi MSC SKY kemasiga ham hujum
uyushtirdi.
▪️ Hizbulloh:
Gʻarbiy Jaliladagi ishgʻolchilarning pozitsiyalariga Katyusha raketalari bilan 30 ta
zarba berdik.
▪️ 100 dan
ortiq avstraliyalik advokatlar Gʻazodagi genotsidning sherigi sifatida Avstraliya bosh vaziri Entoni
Albanesega qarshi Xalqaro sudga petitsiya topshirmoqda.
▪️ YuNRVA
rahbari: Atigi besh oy ichida Gʻazoda dunyoning istalgan joyidan koʻra koʻproq
bolalar, koʻproq jurnalist, koʻproq shifokor va koʻproq BMT xodimlari halok boʻldi.
▪️Bosqinchilar Livan janubiga zarba berib, 3 nafar tibbiyot xodimini oʻldirdi.
▪️ Boliviya:
Xalqaro sudda Isroilga qarshi ishida Janubiy Afrikani qoʻllab-quvvatlash uchun bir
qancha davlatlar bilan hamkorlik
qilyapmiz.
▪️ Bosqinchilik
birjasi rahbari: Isroil qashshoq davlatga aylanmoqda. Xorijga kapitalning chiqib
ketishi yuqori.
▪️ Turkiya
Milliy razvedka boshqarmasi Istanbulda Isroilning Mossad razvedka xizmatiga
maʻʻlumot sotishda gumonlanayotgan 7 kishi, jumladan, mahalliy telekanallarga
muntazas ravishda tonggi dasturlarga mehmon sifatida taklif qilingan sobiq
davlat xodimi Xamza Turxan Ayberk qoʻlga olindi.