Bombalanayotgan Gʻazo: 147‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 147 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 147 kun
boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪️ 24
soat davomida bosqinchilar Gʻazo markazidagi Burij lageriga, Xon Yunisdagi
koʻchirilganlar joylashgan maktabga va Rafahga hujum qildi.
▪️ Gazoda
gumanitar yordam tarqatish chogʻida sodir boʻlgan qirgʻin, natijada bosqinchilar
tomonidan 112 kishi halok boʻlgan, 760 dan ortiq kishi jarohatlangani jahon
hamjamiyatini hayratda qoldirdi.
▪️ 7
oktyabrdan buyon Gʻazo sektorida Isroil tomonidan oʻldirilgan falastinliklar soni
30139 nafarga etdi. Ularning 13230 nafari bolalar.
▪️ Gʻazoda
ochlik va suvsizlikdan yana 7 nafar bola halok boʻlib, ularning umumiy soni 13
nafarga etdi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda Al-Quds brigadalari Jenin tumani Al-Favvara oʻqida bosqinchilar bilan
jangga kirishdi. Bosqinchilar Xevron va Qalqilyaga bostirib kirdi va ikki
falastinlik halok boʻldi.
▪️ Isroil
Kerem-Shalom NOʻP orqali Gʻazo sektorining turli hududlarida qoʻlga olingan 60
nafar mahbusni ozod qildi.
▪️ Livanda
Hizbullloh tomonidan Isroilning Metula, Hula, Gajar, Shebaa tumanlariga zarbalar
berildi.
▪️ AQSh
Xavfsizlik Kengashining Isroilni gumanitar yordam kutayotgan falastinlik tinch
aholiga hujum qilganlikda ayblagan bayonotini blokladi.
▪️ Frantsiya
prezidenti: Gʻazodagi vaziyat ayanchli, tinch aholi himoya qilinishi, insonparvarlik
yordamini tarqatish uchun zudlik bilan sulh oʻrnatilishi kerak.
▪️ Portugaliya
tashqi ishlar vaziri: Gʻazoda yordam kutayotgan 100 dan ortiq odam halok boʻlganidan
qattiq hayratdaman. Biz yana bir bor Xalqaro sudning choralariga muvofiq
zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiramiz.
▪️ Qarshilik kuchlari Xon-Yunis sharqida
bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Kecha ishgʻolchilar yana bir brigadani ushbu hududdan olib chiqib
ketdi.