Bomba ostidagi G'azo: 284-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 284 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Nusayrat lageri, Gʻazo
markazi va Xon Yunisga hujum qildi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush
boshlanganidan buyon 38 664 kishi shahid boʻldi, 89 097 kishi yaralandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus,
Tulkarm va Qalkilyoda ommaviy reydlar oʻtkazmoqda. Oʻnlab falastinliklar hibsga
olindi, 1 falastinlik halok boʻldi. Uch nafari yaralangan.
▪️Husiylar Iroq qarshilik kuchlari bilan birgalikda Qizil va
Oʻrta er dengizidagi
ishgʻol portlariga yoʻl olgan 1 ta kema va 2 ta neftʻ tankeriga hujum qildi.
▪️Hizbulloh Kiryat Shmona ishgʻol ostidagi aholi punktlariga 50 dan ortiq Katyusha va
Falak raketalari bilan zarba
berdi.
▪️BMT bosh
kotibi: Gʻazodagi har bir joy potentsial oʻlim zonasi.
▪️Ishgʻol
matbuoti: Isroil Gʻazodan 1500 nomaʻʻlum jasadni ushlab turibdi.
▪️YuNRVA
rahbari: Oʻtgan haftada Gʻazoda sodir boʻlgan hujumlar tarixdagi eng qonli
hujumlardan biri boʻldi.
▪️Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: Gʻazodagi turk saraton
kasalxonasidan Isroil harbiy bazasi sifatida foydalanish halokat siyosatining bir
qismidir. Turkiya Isroil harbiylarini xalqaro sudga olib chiqishga harakat qiladi.