22.12.2023 21:23

BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi,biroq...

BMT Xavfsizlik Kengashi oʻtgan hafta bir necha kechikishlardan soʻng Gʻazoga gumanitar yordamni koʻpaytirish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi.

BMT Xavfsizlik Kengashi Gʻazoga gumanitar yordamni koʻpaytirish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi.

Qabul qilingan rezolyutsiya AQSh tomonidan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvni yumshatishga urinishlar sababli bir necha bor kechiktirildi.

“Harbiy harakatlarni barqaror toʻxtatish uchun shart-sharoitlar yaratish” choralarini koʻrishga chaqiruvchi rezolyutsiya juma kuni 13 ovoz bilan qabul qilindi va hech kim qarshi chiqmadi, AQSh va Rossiya betaraf qoldi.

Anadolu xabariga koʻra, ovoz berishdan oldin AQSh Rossiyaning gumanitar yordamga uzluksiz va xavfsiz kirishni taʻʻminlash uchun Gʻazodagi harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishni talab qilgan taklifiga veto qoʻydi.

Hujjat loyihasining dastlabki tahririda bahs-munozaralarga sabab boʻlgan va AQSh tomonidan qarshilik koʻrsatgan masalalardan biri insonparvarlik yordami toʻsiqsiz etib borishi uchun “harbiy harakatlarni toʻxtatish” talabi mavjud edi.

Biroq qabul qilingan rezolyutsiyada uning oʻrniga Gʻazoga kengaytirilgan gumanitar yordamning uzluksiz va xavfsiz kirishi hamda harbiy harakatlarni barqaror toʻxtatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun shoshilinch choralar koʻrish talab qilingan.

Rezolyutsiya loyihasidagi “BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning yordamni nazorat qilish mexanizmini yaratish kerak” degan talabi yana bir muammo sifatida yuzaga keldi.

Shiddatli muzokaralar yakunida tomonlar mexanizm oʻrniga “Gʻazodagi fuqarolik jamiyatiga yordam etkazilishini tezlashtirish uchun bosh kotibning gumanitar va qayta qurish boʻyicha oliy koordinatori” tayinlanishiga kelishib oldilar.

Qarorda bosh kotib tomonidan tayinlanadigan koordinatordan Gʻazoga yordam etkazilishini tezlashtirish va osonlashtirish uchun mexanizm yaratish talab qilingan.

Rezolyutsiyada, shuningdek, koordinatorni imkon qadar tezroq tayinlash talab qilinib, zarur xodimlar va jihozlar bilan taʻʻminlangan koordinator BMT vakolati ostida ishlashi va BMT xavfsizlik kengashi tomonidan unga yuklangan vazifalarni bajarishi taʻʻkidlangan.

Qarorda koordinatordan insonparvarlik yordami turini tasdiqlash talab qilingan va shu bilan birga, unga insonparvarlik yordamini joʻnatishda "koʻmaklashish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va tasdiqlash" vazifalari berilgan.

 

 

Mavzuga aloqador