BMT Xavfsizlik Kengashi Baydenning Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish rejasiga mos rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh prezidenti Jo Baydenning Gʻazoda oʻt ochishni butunlay toʻxtatish boʻyicha uch bosqichli rejasiga mos rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda ikki davlat qarori, shuningdek, Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilni Falastin maʻʻmuriyati ostida birlashtirish muhimligi taʻʻkidlangan. Bayden rejasi Gʻazodan Isroil qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketish, HAMAS garovga olgan asirlar hamda Isroil qamoqqa olgan falastinliklarning bir qismini ozod etish, shuningdek, Gʻazoni qayta tiklash jarayonini oʻz ichiga oladi.
Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi AQSh tomonidan ilgari surilgan Gʻazo
sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha uch bosqichli rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat
matnini ovoz berishda 14 nafar ishtirokchi qoʻllab-quvvatladi. Rossiya ovoz
berishda ishtirok etishdan betaraf qoldi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 31 may kuni Gʻazoda sulh taklifini
eʻʻlon qilgan edi.
Bayden rejasining birinchi bosqichida Isroil qoʻshinlarining
Gʻazodan toʻliq olib chiqilishi, HAMAS tomonidan garovga olinganlarning bir qismi
ozod etilishi, baʻʻzi falastinlik mahbuslarning qamoqxonalardan ozod etilishi, 600
ta yuk mashinasining gumanitar yuklar oʻtishi koʻzda tutilgan. Gʻazoga har kuni yordam
koʻrsatish va gʻazoliklarning oʻz uylariga xavfsiz qaytishi, shuningdek, Isroil va
HAMAS oʻrtasidagi muzokara jarayoni.
Ikkinchi bosqich qolgan barcha mahbuslarni ozod qilishni taklif
qiladi.
Uchinchi bosqichda Gʻazoni qayta tiklash ustuvor vazifaga
aylanadi va oʻlgan mahbuslarning jasadlarini oʻzaro almashish ham koʻzda tutilgan.
Qarorda ikki davlat qarori, shuningdek, Gʻazo sektori va
Gʻarbiy Sohilni Falastin maʻʻmuriyati ostida birlashtirish muhimligi taʻʻkidlangan.
Falastinning HAMAS harakati Gʻazo sektorida oʻt ochishni
toʻxtatish boʻyicha BMT rezolyutsiyasini olqishladi.