Isroil uch bosqichli oʻt ochishni toʻxtatishni taklif qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil uch bosqichli yangi sulh taklifini ilgari surgani va bu taklif Qatar orqali HAMASga etkazilganini maʻʻlum qildi. Ushbu taklif oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va Gʻazoda tiklash ishlarini boshlanishini ham oʻz ichiga oladi.
Jo Baydenning soʻzlariga koʻra, Isroil taklif qilgan oʻt ochishni toʻxtatish 3 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich olti hafta davom etadi va toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish, Isroil qoʻshinlarining ishgʻol ostidagi Gʻazodan olib chiqib ketilishi, qolgan garovga olinganlarning bir qismini qisman ozod qilish, falastinlik asirlar bilan almashish va 600 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordamini kiritishni oʻz ichiga oladi.
Isroil va HAMAS ikkinchi bosqich uchun zarur boʻlgan qadamlarni muhokama qilib, jangni nihoyat tugatish maqsadini koʻrib chiqadi. Agar muzokaralar 6 haftadan ortiq davom etsa, sulh muzokaralar davom etgan muddatgacha choʻziladi.
Ikkinchi bosqich - “harbiy harakatlarni butunlay toʻxtatish”, shuningdek, tirik qolgan garovga olinganlarni, shu jumladan askarlarni ozod qilishni nazarda tutadi.
Uchinchi bosqichda Gʻazoni qayta tiklash boshlanadi. Arab davlatlari va xalqaro hamjamiyat Gʻazoda yangi uylar, shifoxonalar va maktablar quradi.
Shuningdek, u Isroil rahbariyatini taklifni qoʻllab-quvvatlashga chaqirib, HAMAS endi yana 7 oktyabrʻ voqealarini takrorlashga qodir emas, degan fikrni bildirdi.
Qayd etish joizki, ushbu taklif avvalgi shunga oʻxshash takliflarga nisbatan muhim boʻlib, Isroil ilk bor bunday taklifni ilgari surmoqda.