04.10.2025 13:43
17

Birinchi marta amerikaliklar isroildan koʻra koʻproq falastinliklar uchun qaygʻurmoqda



The New York Times va Siena universiteti tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 60% amerikalik bosqinchi isroil Gʻazodagi urushni barcha garovga olinganlarni qoʻyib yubormasdan ham toʻxtatishi kerak deb hisoblaydi.

40 foizi esa sionistlar tinch aholini ataylab oʻldirmoqda, degan fikrda - bu ikki yil oldingi foizdan deyarli ikki baravar koʻp.

30 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasida 70% aholi AQShning isroilga yordam berishiga qarshi. Demokratlar orasida 54% falastinliklarga hamdardlik bildirsa, atigi 13% Isroilga xayrixoh.

Tahlilchilarga koʻra, Amerika jamiyatidagi bu oʻzgarish tashqi siyosat va isroilni qoʻllab-quvvatlashiga bevosita taъsir qilishi mumkin.

Mavzuga aloqador