24.05.2025 09:02
161

Belьgiya fuqarosi Hajga velosipedda bordi

Belgiyalik musulmon – 26 yoshli Anas al-Razki uch oylik safaridan soʻng velosipedda Saudiya Arabistoniga etib bordi. 

Anas shu yilning mart oyida, Ramazon oyida Haj ziyorati uchun yoʻlga chiqqan boʻlib, Germaniya, Avstriya, Bosniya va Gertsegovina kabi 9 mamlakatni bosib oʻtgan. U togʻlar, notekis yoʻllar va turli ob-havo sharoitlarida mashaqqat chekkan boʻlsa-da, maqsadidan qaytmadi. 

“Bu bir orzu edi: hozir Makkada turganimga ishonolmayapman. Nihoyat Saudiya Arabistoniga kelganim uchun Allohning barakotini his qilyapman”, degan u. 

Yoʻl davomida Anasga hayotida ilk bora koʻrgan odamlar ham yordam bergan va uni qoʻllab-quvvatlagan. 

https://islamnews.ru/2025/5/23/belgiyskiy-musulmanin-priekhal-v-khadzh-na-velosipede

Mavzuga aloqador