17.06.2024 16:32
Bahsli hududda Xitoy va Filippin kemalari kemalari toʻqnashib ketdi
Bugun, 17 iyunʻ kuni Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda Xitoy va Filippin kemalari toʻqnashdi. Bu haqda XXR sohil xavfsizlik boshqarmasi maʻʻlum qildi.
Bayonotga koʻra, Filippin kemasi Renay rifiga tutash suvlarga "noqonuniy ravishda bostirib kirgan". Bu hududni filippinliklar "Tomasning ikkinchi qirgʻogʻi" deb ham atashadi.
"Xitoy tomonining takroriy ogohlantirishlariga qaramay oʻrnatilgan tartibni buzgan holda Filippin kemasining xavfli yaqinlashuvi toʻqnashuvlarga sabab boʻldi", deyiladi xabarda.
Maʻʻlumot uchun, Pekin Tomasning ikkinchi qirgʻogʻini oʻzining suv maydoni deb biladi.
2016 yilda xalqaro tribunal Xitoyning Janubiy Xitoy dengizining 90 foiziga daʻʻvolarini bekor qilgandi, ammo Pekin bu qarorni tan olmagan va bahsli suvlarda sunʻʻiy orollar barpo etishda davom etmoqda.
Janubiy Xitoy suvlariga egalik masalasi ham Xitoy va AQSh munosabatlarini murakkablashtiradi. Bu hududdagi ayrim suvlarga Tayvan, Malayziya, Vʻetnam va Bruney ham daʻʻvo qiladi.