07.03.2024 04:07

Avstriyada Ramazon munosabati bilan koʻchalarni bezatish taklifi siyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqardi

Avstriyaning “Sotsial Avstriya kelajagi” (SÖZ) partiyasi Vena tumanlaridan birining koʻchalarini Ramazon munosabati bilan bezatishni taklif qilib chiqdi. Biroq ushbu taklif boshqa partiyalarga yoqmadi va siyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. 200 ming musulmon yashaydigan Venada Islom 560 ming kishi eʻʻtiqod qiladigan katolik dinidan keyingi ikkinchi yirik din hisoblanadi.

Avstriyaning “Sotsial Avstriya kelajagi” (SÖZ) partiyasi tomonidan ilgari surilgan Ramazon oyi munosabati bilan koʻchalarni bezatish taklifi siyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. Bu haqda Austria Today nashri yozmoqda.

SÖZ partiya aʻʻzolari butun shaharni emas, faqat bitta tumanni - Favoritenni bezashni taklif qilgan edi. Biroq bu gʻoya boshqa partiyalar – ÖVP va FPÖ`ga yoqmadi va bunga keskin qarshilik koʻrsatdi.

Qayd etilishicha, Venada 200 mingga yaqin musulmon istiqomat qiladi. Islom 560 ming kishi eʻʻtiqod qiladigan katolik dinidan keyingi ikkinchi yirik din hisoblanadi.

SÖZ partiyasi aslida poytaxtning bitta tumani - Favoriten koʻchalarini musulmonlarni xursand qilish maqsadida bezatishga chaqirgan edi.

“Bu nafaqat shaharning rang-barangligini nishonlash, balki bagʻrikenglik va hamjihatlikni targʻib qilish hamdir. Etnik yoki diniy kelib chiqishidan qatʻʻi nazar, har bir inson Venada oʻzini yaxshi his qila olishi muhim”, - deydi partiya rahbari Xakan Gyordu.

SÖZ partiyasi Ramazon bezaklari fuqarolarning turli din va madaniyatlar haqida xabardorligini oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Biroq boshqa siyosiy kuchlar bu fikrga qarshi.

Venaliklar Favoriten tumanida oʻzlarini tobora kamroq oʻz uyidagidek his qilishlariga duch kelyapmiz, - dedi ÖVP partiyasi rahbari Karl Mahrer.

“Bezatish ramziy siyosatdir. Parallelʻ jamiyatlar va siyosiy islom bilan katta muammo boʻlgan hududda Ramazon oyi sharafiga bezatish esa fidoyilik ramzi va shuning uchun mutlaqo notoʻgʻri ishoradan boshqa narsa emas”, - deya uni qoʻllab-quvvatladi Vena Xalq partiyasi tuman raisi Niko Marchetti. 

Mavzuga aloqador