BAA astronomlari 2024 yilgi Ramazon oyining taxminiy boshlanish sanasini hisoblab chiqdi.

BAA astronomlari musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining 2024 yilda boshlanishi sanasini hisoblab chiqdi, deya xabar qildi GulfNews nashri.

Amirliklar Astronomiya jamiyati raisi Ibrohim al-Jarvonning maʻʻlum qilishicha, keyingi Ramazon 11 martda boshlanadi. Ramazon hayiti bayrami esa taxminan 10 aprel kuni nishonlanadi. Undan keyingi Ramazon esa qish mavsumiga toʻgʻri keladi va musulmonlar 2031 yilgacha qish kunlarida roʻza tutadilar.

Ramazon oyining yil fasllari boʻyicha oʻrtacha oʻn kundan ilgarilab borishi Grigoriy taqvimidan farqli ravishda, oy harakatiga asoslangan 354 (yoki 355) kunlik Islom taqvimiga bogʻliq. 

Mavzuga aloqador