29.12.2023 22:35

AQShning ikkinchi shtati Trampni prezidentlik saylovida qatnashishini taqiqladi

Kolorado ortidan Men shtati ham Trampning AQSh prezidentligi saylovidagi ishtirokini taqiqladi.

Men Koloradodan keyin 2024 yil noyabrida boʻlib oʻtadigan saylovlarda sobiq prezident Donald Trampning ismini saylov byulleteniga kiritishni taqiqlagan ikkinchi shtatga aylandi.

Meyn shtati davlat kotibi Shenna Bellouz ham ushbu qarorni 14-tuzatish bilan bogʻladi. Unga koʻra, “Federal yoki shtat mansabdor shaxsi davlatga qarshi qoʻzgʻolon yoki isyonda qatnashmasligi yoxud davlat dushmanlariga yordam yoki tasalli bermasligi kerak".

“Tushunaman, hech qaysi [shtat] davlat kotibi hech qachon 14-tuzatishning uchinchi bandiga asoslanib prezidentlikka nomzodni nomi byulletenga kiritilishidan mahrum qilmagan. Biroq men anglab turibmanki, hech qaysi prezidentlikka nomzod avvallari hech qachon isyonda qatnashmagan”,  deb yozdi u.

Shuningdek, u Trampni “2021 yil 6 yanvarʻ voqealarigacha bir necha oy davomida oʻz tarafdorlarini qoʻzgʻatish va ularni Kapitoliyga yoʻllash uchun saylovlardagi firibgarliklar toʻgʻrisida uydirmalar toʻqiganlikda” aybladi.

Amerikaning sobiq etakchisi saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Stiven Chong, oʻz navbatida, Bellouzni “Baydenni qoʻllab-quvvatlovchi haddan tashqari noxolis demokrat” deb atadi va u saylov jarayoniga aralashayotganini aytdi. U qaror ustidan Men sudiga shikoyat qilishga vaʻʻda berdi.

Avvalroq, 20 dekabrʻ kuni Kolorado Oliy sudi Konstitutsiyaning 14-moddasiga asoslanib, Trampni AQSh prezidentligiga nomzodlar roʻyxatidan chiqarib tashlashga qaror qilgan edi. Bu AQSh saylovlari tarixida birinchi marta mamlakatning yuqori etakchilik lavozimiga daʻʻvogar ushbu bandga muvofiq kampaniyadan chetlashtirilishi boʻldi. Sud qarori 2024 yil 4 yanvargacha kuchga kirmaydi, bu  esa sudga Tramp tomonidan berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqish imkonini beradi.

Mavzuga aloqador