05.08.2024 12:42

AQShdagi ishsizlik Tokio fond birjasi indeksining qariyb 10 foizga qulashiga sabab boʻldi

Tokio fond birjasi indeksi Qoʻshma Shtatlarda ishsizlik darajasi oʻsgani haqidagi maʻʻlumotlar fonida rekord darajadagi 9 foizga tushdi, ayrim hollarda pasayish 13 foizni tashkil etdi. Bu 1987 yildagi “qora dushanba”dan beri eng katta pasayishdir.

Tokio fond birjasi indeksi Qoʻshma Shtatlarda ishsizlik darajasi oʻsgani haqidagi maʻʻlumotlar fonida qariyb 10 foizga pasaydi. Bu 1987 yildagi “qora dushanba”dan beri eng katta pasayishdir. Bu haqda TASS birja maʻʻlumotlariga tayanib xabar qildi.

Mamlakatdagi 225 ta eng yirik kompaniya (jumladan, Honda, Mazda, Mitsubishi, Nissan, Panasonic Nintendo) aktsiyalarini oʻz ichiga olgan Yaponiyaning Nikkei fond indeksi 5 avgust kuni ertalabki savdolar chogʻida 3000 punktdan koʻproqni yoʻqotdi. Indeks rekord darajadagi 9 foizga tushdi, ayrim hollarda pasayish 13 foizni tashkil etdi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa asosiy fond indekslari ham salbiy dinamikani namoyish etdi. Bu AQSh mehnat bozori hisoboti tufayli retsessiyaga tushib qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida sodir boʻldi. Tahlilchilarning fikricha, Shtatlardagi ishsizlik darajasi 4,3 foizga oshgan.

"Bozorda AQSh iqtisodi kelajagi haqida xavotir kuchaymoqda. Sarmoyadorlarning kayfiyati [AQSh] iqtisodiyoti sekinlashayotganini koʻrsatuvchi statistik maʻʻlumotlar, jumladan, bozor kutganidan ham yomonroq boʻlgan bandlik statistik maʻʻlumotlari tufayli zaiflashdi", - deydi Nikkei etakchi biznes nashri.

Goldman Sachs tahlilchilarining fikricha, kelgusi yilda AQShda retsessiya ehtimoli 25 foizni tashkil etadi. JPMorgan esa AQSh iqtisodiyotining 50 foizga sekinlashishini bashorat qilmoqda.

Bozorlarning qulashi fonida kripto valyutalar ham sezilarli darajada pasayishni boshladi. Bitkoin narxi allaqachon 12 foizdan koʻproqqa pasayib, 53 ming dollarga tushdi.

Mavzuga aloqador